Naqsh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Naqsh (maʼnolari)}}
'''Naqsh''' (arab. — tasvir, gul) — qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va b.ning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan be-zak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va t.k.), meʼmoriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis sanʼat (aso-san, amaliy sanʼat) asarlarida keng qoʻllanadi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezash (tatuirovka, bezash)ga moʻljallanadi. Narsaning sirtini bezayotgan N. uningtuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. N. yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, N. ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va b.), boʻyama (qogʻoz, mato, ganch, yogʻoch, sopol va b.), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va b.), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va b.), toʻqima (gilamchilik, toʻqimachilik va b.), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va b.) va b.