Niger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Niger (maʼnolari)}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Niger (maʼnolari)}}
'''Niger''' (Niger), Niger Respubli-kasi (Republique du Niger) —Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 1267 ming km2. Aholisi 10,63 mln. kishi (2002). Poytaxti — Niamey sh. Maʼmuriy jihatdan 7 departamentga, ular okruglarga, okruglar kommunalarga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyam 1999 y. 18 iyuldagi referendumda maʼqullangan. Konstitutsiyaga binoan, davlat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. N. hududining koʻp qismi Sahroi Kabirda, bal. 200—500 m gacha boʻlgan plato. Eng baland joyi 2022 m (Air platosida, Idukaln-Tages togʻi), jan.-gʻarbi Niger daryosining oʻrta oqimidagi vodiy. N.da oltin, uran, qalay rudalari, volfram, niobiy, temir, koʻmir, fosforit, platina konlari bor. Chad kuli soyligida osh tuzi qatlamlari topilgan. N.ning shim. va shim.-sharqida iklim choʻl tropik, jan. va jan.-gʻarbida subekvatorialdir. Eng salqin oylari — dek., yanv.da oʻrtacha t-ra 20—24°, eng issiq oyi — mayda 32— 34°. Oʻrtacha yogʻin shim. va shim.-sharkda 100 mm dan kam, jan. va jan.-gʻarbda 600—800 mm. Jan.-gʻarbida mamlakatdagi yirikdaryo— Niger oqiboʻtadi. Jan. va jan.-gʻarbida akatsiya, baobab, dum-palma, qovun daraxti va b. oʻsadi. Shim. savanna va choʻl oʻsimliklaridan iborat. Yovvoyi xayvonlardan sher, fil, buyvol, jirafa, kiyik, chiyaboʻri, sirtlonlar bor. "Dubl-Be" ("W") milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
Aholisi. N.da aholining 50% ga yaqinini xausa elati tashkil etadi. Songay va jerma, kanuru va tubu, tuareg , fulba va b. ham yashaydi. Aholining taxm. 90% i islom diniga, bir qismi xristian diniga, qolganlari esa mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Asosiy shaharlari: Niamey, Agades, Zinder, Maradi, Taxva.
 
Tarixi. N. hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Air togʻligi, Tener choʻli, Agades sh.dagi arxeologik qazishmalarda neolit davriga mansub ashyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun kechirganlar, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mil. 1-a.da Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelishi bilan islom dini tarqalgan. 7—19-a.larda N.ning ayrim qismlari oʻrta asr Gʻarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida boʻlgan. 18-a. urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-a.da N. hududida yevropaliklarning bir necha ekspeditsiyasi boʻlgan. 1898 y.dan fransuzlar N.ni mustamlaka qilishga kirishdilar. 1901 y. N. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi (FGʻA)ga kiruvchi Yuqori Senegal tarkibiga qoʻshib olindi. 1922 y.dan N. FGʻAning alohida maʼmuriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakachilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakachilarga qarshi kurash 1-va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davrda ham davom etdi.
 
2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati boshlandi. 1946 y. Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947 y. Fransiyaning "dengiz orti hududi" maqomini oldi. 1951 y. NTPning soʻl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib chiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958 y. Savaba (Ozodlik) deb oʻzgartirildi. 1957 y. J. Bakari N. huku-mat kengashining bosh vaziri etib saylandi. 1958 y. 28 sent.da Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilishini talab qildi. 1958 y. 18 dek.da N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. 1959 y.da N. Res-publikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960 y. 3 avg .da N. mustaqil respublika deb eʼlon qilin-di va u Hamjamiyatdan chikdi. 1960 y. noyab.da Milliy majlis yangi konsti-tutsiyani kabul kildi va NTP rahbari A. Diorini respublikaning birinchi prezidenti etib sayladi. N.da bir partiyali tizim karor topdi. Barcha ja-moat tashkilotlari NTP nazorati ostiga oʻtdi. 1961 y.da Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Fransiya N.ning tashqi savdosi, moliyasi, mudofaasi, maorif tizimi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Ijtimoiy-iqti-sodiy soxalarda xalqning ahvoli yaxshilanmadi, ommaning noroziligi kuchaydi. 1974 y. 15 apr.
 
da, 1996 y. 27 yanv.da sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 y. 9 apr.dagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 y. konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999 y. 11 apr.da tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999 y. 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999 y. 24 noyab.dagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi.
 
N. — 1960 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 dek. — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Taraqqiyot jamiyati milliy harakati — Nassara, 1988 y. 2 avg .da tashkil etilgan; Demokratik va sotsi-al konvent, 1991 y.da tuzilgan; Demokratik tiklanish uchun mustaqil milliy ittifoq, 1996 y.da tashkil etilgan; Milliy ittifoq va taraqqiyot partiyasi — Salama; Demokratik va taraqqiyparvar vatanparvarlar itti-foqi partiyasi. N. mehnatkashlari kasaba uyushmalari birlashmasi, 1960 y.da asos solingan.
 
Xoʻjaligi. N. — agrar mamlakat. Mus-tamlakachilik hukmronligi davrida iqtisodiyot, asosan, yer yongʻoq yetishtirishga ixtisoslashgan edi. 1960-y.lardan xujalikni davlat tomonidan tartibga solish kuchaydi, davlat va aralash korxonalar mavqei mustahkamlandi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 12%, q. x. ulushi 37,5% ni tashkil etadi.
 
Qishloq xoʻjaligi eng qoloq tarmoq qisoblanadi. Aholining 80% dan koʻprogʻi shu sohada band. Tovar mahsulotining asosiy qismini mayda anʼanaviy yarim natural dehqon xoʻjaliklari beradi. Niamey va uning atro-fida yirik mexanizatsiyalashgan xoʻjaliklar tashkil topa boshladi. De-hqonlarning oʻzaro yordam uyushmalari tashkil etildi. Yer yongʻoq, paxta, sholi yetishtiruvchi kooperativlar paydo boʻldi. Q. x. uchun yaroqli 15 mln. gektar yerdan (mamlakat hududining 12% ga yaqini) 42% haydaladigan va boʻz yerlar, 53% yaylov, 4% oʻrmon. Dehqonchilik mamlakat jan. va jan.-gʻarbida rivojlangan. Atigi 12 ming ga maydon sugʻoriladi, bu joylarda irrigatsiya inshootlari barpo etilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, nyebe, maniok, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, batat va b. N.da koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik ustun. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot va eshak boqiladi. Savannalar qovjirashining oldini olish va yaylovlarni saqlab qolish uchun yangi oʻrmonlar barpo etilgan. Niger va Komadugu-Yobe daryolarida, Chad koʻlida baliq ovlanadi.
 
Sanoati. N.da uran, qalay, gips, osh tuzi, soda qazib olinadi. I. ch. sanoati mahsulotining 3/4 qismini oziq-ovqat korxonalari beradi. Mara-di, Magaria va Matameydagi yogʻ z-dlari 130 ming t yer yongʻoqni qayta ishlaydi. Zinderda yer yongʻoq tozalaydigan 3 ta z-d, un-yorma korxonasi, Niameyda sut z-di va sovitkichli kushxona, Tillaberi va Niameyda sholi oklash fkalari, Niamey va Maradida pivo z-dlari bor. Toʻqimachilik f-kasi, 5 ta paxta tozalash korxonasi, koʻnchilik z-di mavjud. Binokorlik materiallari (sement, sopol taxtachalar), kimyo mahsulotlari (sovun, upa-elik va dori-darmon) ishlab chiqariladi. Avtomashina kuzovi va tirkamalari yigʻiladi, mebel va mayda q. x. anjomlari va b. ishlab chiqariladi. Kashtachilik, koʻnchilik, kulolchilik ichki bozorda muhim oʻrin oladi. Yiliga oʻrtacha 168 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Mamlakat ehtiyoji uchun za-rur elektr energiyaning 50% Nigeri-yadan olinadi.
 
N.da t. y. yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 19 ming km, shundan 3 ming km asfalt -. langan. Niger daryosida kemalar katnaydi. Niamey va Agadesda xalqaro aeroport bor. Chetga uran ekstraktlari, ti-rik mol va chorvachilik mahsulotlari, arahis yogʻi, paxta, sabzavot chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, don, transport vositalari va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Jazoir. Pul birligi — Afrika franki.
 
Tibbiy xizmati. N.da 3500 ga yaqin oʻrinli 300 dan ortiq davolash muas-sasasi, 140 vrach xizmat koʻrsatadi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ishlar va-zirligi sogʻliqni saklashning marka-ziy organi hisoblanadi.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va il-miy muassasalari. Mamlakat aholisining 90% savodsiz. Maktab yoshidagi bolalarning 21% oʻqishga jalb etilgan. N. maorif tizimi fransuz tizimi taʼsirida tashkil topdi. 6—7 yoshdan boshlab bolalar boshlangʻich maktabda 6 y. oʻqiydi. Oʻrta maktab — 7 y.lik. Davlatga qarashli boshlangʻich maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Oʻqituvchilar normal (ped.) bi-lim yurtlarida 4 y. mobaynida tayyorlanadi, 4 y.lik va 1 y.lik ped. kurslari ham bor. Maradidagi texnika li-seyi, Agadesdagi konchilik bilim yurti hunar-texnika taʼlimi beradi. Zinderda feldsher va sanitarlar tayyorlovchi milliy maktab, Niameyda so-gʻliqni saklash maktabi, fuqaro avia-siyasi va meteorologiya maktabi bor. Oliy oʻquv yurtlari: Niamey un-ti, milliy maʼmuriy kollej. Un-t huzu-rida Mat. tadqiqot in-ti, Ijtimoiy fanlar tadqiqot markazi, Geol. tad-qiqotlari byurosi ishlaydi. Bundan ta-shqari, Afrika Birligi Tashkilotining tilshunoslik, tarix va ogʻzaki anʼanalar tadqiqot markazi, agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, veterinariya lab. va b. mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N.da nashr etiladigan gaz. va jur.lar: "Saxel" (fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1960 y.dan), "Saxel ebdo" (fransuz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1961 y.dan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Nijer" ("Niger Respublikasining rasmiy gazetasi", fransuz tilida 2 haftada bir marta chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1933 y.dan), "Nijerama" (har chorakda chiqadigan jur.). N. matbuot agentligi milliy ax-borot agentligi boʻlib, 1987 y.da tashkil etilgan. "Saxel ovozi" radio st-yasi hamda N. radioeshittirish va tele-koʻrsatuv hukumat xizmati mavjud.
 
Meʼmorligi va badiiy hunarmandchiligi. Niger daryosi yuqori oqimida yashovchi oʻtroq xalqlarning yashash joyi guvaladan toʻrtburchak qilib qurilgan yassi tomli uylardan iborat. Mamlakat jan.-gʻarbida poxol kulbalar, sharqida esa guvala va toshdan kurilib tomi xa-shak bilan yopilgan uylar koʻp. Don omborlari doyra shaklida guvaladan 3 m gacha balandlikda kurilib, tepasidan tuynuk krldiriladi. Koʻchmanchi aholi (tuareglar, fulbelar) teri bilan yopilgan chodirlarda yashaydi. Shahar meʼmorligi — sudancha uslubning bir turi. Turar joy va masjidlar somonloy (banko)dan kuriladi. Zinder, Taxua va b. joylardagi turar joylar toʻgʻri burchakli rejada, palma ustunlardan gumbazli qilib yoki ikki nishabli qamish tomli kilib tiklanadi. Peshtoqiga oʻziga xos qabariq naqshlar solinadi. Niamey va b. shaharlarda yevropacha zamonaviy uy-joy va maʼmuriy binolar qurilgan.
 
Mamlakat poytaxti va uning atrofida, xausa elati istiqomat qiladigan viloyatlarda bosma rangdor naqsh solingan charm buyumlar — xaltalar, egarjabduqlar, shippaklar, idishlar, hatto marjonlar yasaladi. Hamma joyda temirchilik, zargarlik, toʻquvchilik tarqalgan. Bronza va kumushdan qadama naqsh solingan pichoqlar, kumush bilaguzuklar va shokilalar, ot yuganlari tayyorlanadi. Kulolchilik buyumlari orasida botiq naqshli idishlar ajralib turadi. Rangdor (qizil, oq, zan-gori) gazlamalar, qovoq poʻstidan yasalgan idishlar ishlab chiqariladi.
 
Teatri. Musulmon bayramlari kunlarida sayoq qiziqchilar qishloklarda yogʻoch qoʻgʻirchoqlarni oʻynatib, mashara-bozlik qilishlari qadimdan davom etib keladi. 20-a.ning 50-y.larida tashkil etilgan madaniyat markazlarida kichik teatr truppalari ishlay boshladi. Niameydagi madaniyat markazining direktori Dandobi Mahaman N.ning dastlabki dramaturglaridandir. Uning "Echkining sarguzashtlari" va "Kabrin Kabra afsonasi" kabi pyesalarini mamlakatning juda koʻp havaskorlik jamoalari sahnalashtirgan. 1964 y.dan buyen har yili oʻtkaziladigan yoshlar haf-tasida mamlakatning barcha viloyatlaridan kelgan drama va folklor truppalari musobaqalashishadi.
 
Kinosi. N. mustaqillikka erishganidan keyin kino i. ch. rivojlana boshladi. 1962 y.da "Toʻy" deb atalgan birinchi film dunyoga keldi (rej. M. Alassan). Ushbu rej.ning "Ganjaning oʻlimi" degan multfilm i 1966 y. Dakarda oʻtka-zilgan Jahon afrikalik negrlar sanʼat va madaniyat festivalida sovrin oldi. Shundan keyin "Tovlamachining qaytishi", "Men — nefman", "Kabaskabo", "Uchrashuv", "Qora bulutlar", "Ziyoratchi", "Sexrgar", "Xotin, villa, mashina, pul" kabi filmlar yaratildi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Niger_info}}
'''Niger ''' (Niger Respublikasi) poytaxti — [[Niamey]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
Qator 8 ⟶ 52:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}