Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Nikaragua (maʼnolari)}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Nikaragua (maʼnolari)}}
'''Nikaragua''' (Nicaragua), Nikaragua Respublikasi (Republika de Nicaragua) — Markaziy Amerikadagi davlat. Mayd. 129,494 ming km2. Aholisi 5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Managua sh. Maʼmuriy jihatdan 15 departament (departamento) va 2 muxtor regionga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 y. 9 yanv.
 
da kabul qilingan, unga 1995 va 2000 y.larda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
Tabiati. Karib dengizi qirgʻogʻidagi ensiz (130 km gacha) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat shim. va markazidagi yassi togʻlikni daryolar kesib oʻtadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland choʻqqisi 2438 m). Gʻarbi va jan.da tek-tonik botiq, vulkanlar, koʻllar bor. Yirik koʻllari — Nikaragua va Managua. Zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, nikel, simob, mis, qoʻrgʻoshin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik oʻrtacha temperatura 25—28°, togʻlarda 16—18°, yillik yogʻin 2000—4000 mm dan 6500 mm gacha. Daryolari shar-sharali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmon, ichki hududlarida savanna koʻp. N.da bugʻu, maymun, tapir, pekar, chumolixoʻr, shuningdek, juda koʻp kemiruvchilar, kurshapalaklar, qushlar, sudraluvchilar uchraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.
 
Aholisining 87,7% ga yaqini nikaraguanlar. Kolgan qismi sambo, mulatlar, togʻli joylarda moskito (indeys)lar. Ispan-indeys metislari latino deb ataladi. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik aholi katolik, bir qismi protestant. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Managua, Leon, Matagal-pa, Granda.
 
Tarixi. Kadimda N. hududida chibcha, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yashagan. Mamlakat kabilalardan birining boshligʻi Nikarao nomi bilan atalgan. N.ga 1502 y. 16 sent.da yevropaliklardan birinchi boʻlib X. Kolumb borgan. 1524 y.da ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573 y.da Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining koʻpchiligi qirib tashlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining koʻp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-a. oxiriga kelib, N.da Liberal va Konservativ partiyalar paydo boʻddi. 1821 y. 15 sent.da N. mustaqillikka erishdi. 1824 y. quddorlik bekor qilindi. N. 1822 y. Meksika imperiyasi, 1823—38 y.larda Markaziy Amerika qoʻshma provinsiyalari tarkibida boʻldi. 1855 y. N.ni AQSH qoʻshinlari bosib oldi. 1856 y. amerikalik U. Uoker oʻzini N. prezidenti deb eʼlon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlashgan qoʻshinlari Uokerni N.dan haydab yubordi. Bu kurashda faol katnashgan T. Martines 1857—67 y.lar N. prezidenti boʻldi. Shundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qoʻliga oʻtdi. X.S. Selaya boshliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQSH qoʻshinlari 1911 y. intervensiya uyushtirib, N. hukumatini agʻdarib tashladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927 y. A. S. Sandino boshchiligida milliy ozodlik kurashi kuchayib, vatanparvarlar gʻalabasi bilan tugadi. Ammo milliy gvardiya qoʻmondoni A. Somosa xiyonat yoʻliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936 y.da davlat toʻntarishi uyushtirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron boʻlib oldi. 60-y.lar boshida mamlakatda keng xalq harakati boshlandi. 1961 y. Sandinochilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini agʻdarish uchun kurashda yetakchi siyosiy va harbiy kuchga aylandi. 1974 y. tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakchi muxolifat partiyalarini birlashtirdi, 1978 y. Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Oʻsha yil avg .da butun mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi va 1979 y. 19 iyudda xalq inqilobi gʻalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi agʻdarib tashlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-nish hukumati qoʻliga oʻtdi. 1984 y. 4 noyab.
 
da erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 y. 4 noyab.dagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. N. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. N. sotsialistik partiyasi, 1939 y. asos solingan, 1944 y. 3 iyulda tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944 y. tashkil etilgan; N. sotsial xristian partiyasi, 1957 y. tuzilgan; Sandinochilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961 y. tashkil etilgan; Liberal konstitutsiyachilar partiyasi, 1967 y. tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988 y. tuzilgan; N. konservativ partiyasi, 1922 y. Konservativ demokratik partiya bilan Sotsial-konservativ partiyaning qoʻshilishi natijasida vu-judga kelgan; Sandinochilar yangilanish harakati, 1995 y. mayda tuzilgan. N.da 5 ta kasaba uyushmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkashlar milliy fronti, 1979 y.da asos solingan; Q.x. mahnatkashlari uyushmasi, 1979 y.da tuzilgan; N. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1962 y. tashkil etilgan.
 
Xoʻjaligi. N. — agrar mamlakat, sanoati sust rivojlangan. Mamlakatda qimmatbaho qizil daraxt, kedr, kebracho, kauchukli daraxtlar koʻp. Foydali qazilmalarni kavlab olish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi — 30,8%, sanoatning ulushi — 17,5%.
 
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil eta-di, unda paxta, kofe, shakarqamish yetishtiriladi. Sholi, kunjut, loviya, makkajoʻxori, banan, tamaki, kakao ham ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, choʻchqa boqiladi. Iqtisodiy faol aholining 47% q.x.da band. Sohil aholisi baliq va dengiz jonivorlarini ovlash bilan shugʻullanadi.
 
Sanoati. Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, neft qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil (asosan, toʻqimachilik va poyabzal) sanoat — qayta ishlash sanoatining yetakchi tarmoklari hisoblanadi. Kushxonalar, qand-shakar, paxta tozalash korxonalari, koʻnchilik z-dlari, metallsozlik, kimyo, farmatsevtika, sement, qogʻoz, yogʻochsozlik tarmoklarining mayda korxonalari bor. Managua yaqinida neft mahsulotlari z-di qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1,07 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat mar-kazlari — Managua, Leon, Masaya. T.y. uzunligi — 403 km, avtomobil yoʻllari — 14,4 ming km. Dengiz portlari — Korinto, Blufilds, SanXuan-del-Sur. N. chetga paxta tolasi, chigit, kofe, goʻsht, qand-shakar, yogʻoch, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, tayyor buyumlar, xom ashyo va b.ni sotib oladi. Sav-do-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Italiya. Pul birligi — oltin kordoba (oro).
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor un-tining tibbiyot f-tida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 y.larda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979 y.dan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor un-ti (1812 y.da asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika un-tining N. boʻlimi (1961), Managuadagi un-t (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Q.x. in-ti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda un-t markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya sh.da "Tenderi" muzeyi va b. bor.
 
Matbuoti, radioeshitgirishi va tele-koʻrsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: "Barrikada" (kundalik gaz., 1979 y.dan), "Brigadista" (oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1981 y.dan), "Gaseta" (kundalik rasmiy gaz., 1912 y.dan), "Nuevo diario" ("Yangi gazeta", kundalik gaz., 1980 y.dan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1926 y.dan), "Sentroamerikano" ("Markaziy amerikalik", kundalik kechki gaz., 1917 y.dan), "Poder sandinista" ("Sandinochilar hokimiyati", haftalik jur., 1980 y.dan) va b. Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979 y. tuzilgan. "Telkor" davlat aloqa korporatsiyasi, N. radiosi hukumat radio st-yasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.
 
Adabiyoti ispanlar Markaziy Amerikaga kelgandan keyin 16-a. 2-yarmidan ispan tilida vujudga kelib, rivojlana boshladi. Fernandes de Ovye-do-iValdesning "Nikaragua tarixi" (16-a. oxiri)ni birinchi adabiy yodgorlik deb hisoblaydilar. 18-a. oxirlarida M. Larraynaga va R.F. Osexo ilmiy-ommabop asarlar va siyosiy makrlalar bilan maydonga chikdi. Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari mustaqilligi uchun urush (1810—26) mamlakatda adabiyotni rivojlantirishga turtki boʻddi. Shu urush qatnashchisi F. Kin-ones Sunsinning qoʻshiqlar va hajviyalardan iborat "Sheʼrlar" toʻplami ada-biyotda romantizmga asos boʻldi. 19-a. oxi-rigacha davom etgan mazkur oqim A. Aragon, L. A. Vilya, K. Dias kabi adiblarni voyaga yetkazdi. 19a. oxiri prozasida kos-tumbrizm qaror toddi. Bu oqim Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari adabiyoti va tasviriy sanʼatida xalq turmushini real aks ettirishga intilish tamoyilini ifodalar edi (G. Gusman romanlari, X. D. Games, A. F. Bala-nos ocherklari). R. Dario poeziyada modernizmga asos soldi. Shoirning "Lo-juvard", "Hayot va umid qoʻshiqlari" va b. toʻplamlariga kiritilgan asarlari vatanparvarlik tuygʻularini kuylaydi. 20-a. boshlarida S. Arguelo, X. Oliva-res, X. Salgado, S. Sakas, S. de la Selva sheʼrlari, E. Robleto romanlari shuhrat qozondi. 30-y.lardan keyin koʻpgina shoir va yozuvchilar taʼq-ibga uchradi. Somosa rejimi agdaril-gach, adabiyot gurkirab rivojlandi. J. Belli, E. Ilyeskas, K. Peres Alonso, E. Gutyerres, Fanor Telyes, X. Valye-Kastilo kabi shoirlar ozodlikni madh etuvchi sheʼrlar yaratishdi. Adiblardan L.A. Kabrales, B.Morales, S. Ramires asarlari shuhrat qozondi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. N.dagi qad. indeys madaniyati Meksika, Kolumbiya, Panama madaniyatlari taʼsirida boʻlgan. Qoyalardagi tasvirlar, boʻrtma tosh ustunlar, tosh haykal va haykalchalar, sopol guldon va b. saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli, qalin devorli uylar (hovlisi b-n), toʻgʻri, tor koʻchalar va maydonlardan iborat shaharlar barpo etilgan. 17—19-a.
 
larda qurilgan cherkovlarda barokko (Leondagi sobor, 1747— 1825), soʻng klassitsizm (Granadadagi San-Fransisko cherkovi, 1862) uslu-biga xos naqshlar bilan bezatilgan. 20-a.da Managua sh.da zamonaviy meʼmorlik uslubida qurilgan imoratlar paydo boʻldi (meʼmor P. Dambax va b.). Keyingi asrlarda tasviriy sanʼat ravnaq topdi. Zamonaviy ustalardan rassom A. Alonso Rochi, oʻymakor X. Amador Lira, gravyurachi S. _l^_:__2_ Baraonalar mashhur.
 
Xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, kashtachilik kabi turlari ommalashgan. Managua sh.da nafis sanʼat maktabi mavjud. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Nikaragua_info}}
'''Nikaragua''' (Nikaragua Respublikasi) poytaxti — [[Managua]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
Qator 8 ⟶ 46:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}