Niderlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 16:
== Tarixi ==
Niderlandlar hududida odamlar [[neolit davri]]dan yashaydi; mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. 1-asr boshida bu qabilalarni germanlar siqib chiqargan. Mil. av. 1-asrda Niderlandlar hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Mil. 3—4-asrlarda Niderlandlar hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-asr), Niderlandlar hududi uning tarkibiga, [[843-yil]]gi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 10 — 11-asrlarda Niderlandlar hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va h.k.) tashkil topdi. 12-asrdan shahar rivojlana boshladi. 15-asrning 2-choragigacha Niderlandlarda feodal tarqoqlik hukm surdi. [[1433-yil]]da Gollandiyani, soʻngra Niderlandlarning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandlar ([[1556-yil]]dan keyin) [[Ispaniya]]ga qaram boʻlib qoldi. 16-asr Niderlandlar inqilobi natijasida mamlakat [[ispanlar]] zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandlar [[Yevropa]]ning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, [[Osiyo]], [[Amerika]], [[Afrika]]da yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, [[Indoneziya]], [[Gviana]], Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813 yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. [[1815-yil]]da [[Belgiya]] bilan birlashib, Niderlandlar qirolligi tashkil etildi. [[1830-yil]] inqilob natijasida Belgiya Niderlandlardan ajralib chiqdi.
[[File:WilliamOfOrange1580.jpg|thumb|[[Vilgelm I Oranskiy]] Niderlandlar mustaqilligining asoschisi hisoblanadi]]
 
[[1848-yil]]da Niderlandlar konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. [[1860-yil]]dan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. [[1876-yil]]da [[Amsterdam]] — Shimoliy dengiz, [[1882-yil]]da [[Rotterdam]] — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam [[Germaniya]] uchun tranzit portga aylandi. [[1861-yil]]da birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandlarda 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi.