Niderlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 64:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
[[File:Rembrandt van rijn-self portrait.jpg|thumb|right|Rembrandt van Reyn — jahondagi mashhur rassomlardan biri]]
Qadimgi Niderlandlar hududida neolit davrining sopol idishlari, toshdan qurilgan megalitik inshootlari, mil. av. 1-ming yillikka mansub kelt manzilgoxlari, mil. 1—3-asrlar qad. Rim binolarining qoldiqlari, germanlarning metall, zargarlik buyumlari saqlangan. Oʻrta asr meʼmorligi namunalari Amsterdam, Gaaga va boshqa shaharlarda mavjud (shahar devorlari, saroy, qalʼa, uylar). Mamlakatda tuproqning botqokligi, tosh tanqisligi binolarning gʻisht va yogʻochdan qurilishiga sabab boʻlgan.
 
16—17-asrlar tasviriy sanʼatida turmush manzaralari, natyurmort, portret janri rivojlandi (yana qarang [[Niderland sanʼati]]). 17-asr oʻrtalarida klassitsizmning golland badiiy maktabi rivoj topdi (binolarning sodda va qulay boʻlishiga koʻproq eʼtibor berildi). 17-asr 2-yarmida fransuz klassitsizmining boy saroy va park meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Jamoat, savdo va ishlab chiqarish binolari (ratusha, birja, savdo rastalari va boshqa) qurildi (meʼmorlar Ya. van Kampen, P. Post, aka-uka F. va Yu.Vingbons va boshqa). 17-asrda haykaltaroshlik unchalik rivojlanmadi (binolar haykal bilan kamdankam bezatildi, portret haykallar juda kam ishlandi). Rassomlik va grafika esa keng rivoj topdi. Realistik rassomlik yuksalib, butun [[Yevropa]] tasviriy sanʼatiga samarali taʼsir oʻtkazdi. Golland rassomlari, odatda, biror janrga ixtisoslashgan. Portret (F. Xals), dehqonlar hayoti (A. van Ostade) va shahar hayoti (Ya. Sten, G. Terborx va boshqa), ifodali maishiy janr, manzara (Ya. Porsellis, Ya. van Ryoysdal) va boshqa janrlarda qim-matli asarlar yaratildi. Rembrandt, F. Xale, K. Fabritsius kabi buyuk rassomlarning ijodida demokratik kayfiyatlar mohirona ifodalandi.
 
19-asrda shaharlarda aholi tigʻizlashdi, ixcham, tejamkor meʼmorlik shakllariga eʼtibor kuchaydi. Tasviriy sanʼatda oddiy mehnatkash kishilar hayotiga ahamiyat berildi. [[Ikkinchi jahon urushi]]dan soʻng Amsterdam, Gaaga, Rotterdam va boshqa shaharlarda binolarning oqilona joylashishiga erishildi, milliy romantik tamoyillar bilan sugʻorilgan funksionalizm yetakchi oqim boʻlib qoldi. 19-asr 2-yarmida Gaaga rang tasvir maktabi, 20-asrda golland haykaltaroshlik maktabi shakllandi. Hozirgi zamon Niderlandlar tasviriy sanʼatida turli modernistik okimlar yoyilgan, ammo demokratik tamoyillar ham (Charli Torop, X. Shabo, P. Alma ijodida) sezilib turadi<ref>[http://www.cbs.nl/en-GB/menu/cijfers/default.htm 1]</ref>.
 
== Musiqasi ==