Gʻafur Abdumajidov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Abdumajidov G‘afur bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Abdumajidov G‘afur}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Abdumajidov Gʻafur''' (1928.28.6, Samarqand) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987). Yuridik fanlari d-ri (1983), prof. (1985). Toshkent yuridik in-tini bitirgan. Respublika prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi (1951 y.dan), Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-tida katta ilmiy xodim, sektor mudiri (1961—66). Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika kafedrasi mudiri (1974 y.dan). 1991—95 y.larda OʻzR Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari, 1995 y.dan OʻzR Konstitutsiyaviy sudining sudyasi. A.ning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotining muammolariga bagʻishlangan. OʻzR Konstitutsiyaviy komissiyasi tarkibida OʻzR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan. "Oʻzbekiston davlat va huquq tarixi", "Jinoyat huquqi" va b. darsliklar hammuallifi. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1995). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>