Jakarta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Jakarta''' — Indoneziyaning[[Indoneziya]]ning poytaxti. Yava o.ning shim.-gʻarbiy sohilida, Chilivung daryosining Yava dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik oʻrtacha t-ra 27°. Yiliga 1800 mm yogʻin yogʻadi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 mln. kishi (1996). 16-a. boshida hozirgi J. oʻrnida Tajajdaran knyazligining Sundakelapa port shahri boʻlgan. 1527 y.da uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta (ulkan qalʼa) deb atalgan. 17-a.da gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619 y.da gollandlar shahar oʻrnida Bataviya qalʼasini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945 y.gacha general gubernator karorgohi va mustamlaka markazi boʻlgan. 1945 y. 17 avg .dan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946—49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga koʻchirildi; 1949 y.dan Bataviya yana J. deb atala boshladi.
 
J. — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yogʻ, baliq konservalash va b.), kauchukka ishlov berish, rezina va koʻn poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv z-di va b. bor. Hunarmandchilik kadimdan rivojlangan.