Norin (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Casual moved page Norin (daryo) to Norin daryosi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Norin daryosi bilan birlashtirishga andoza va yangi matn qo‘shildi
Qator 1:
#REDIRECT [[{{birlashtirishga|Norin daryosi]]}}
{{Maʼnolari|Norin (maʼnolari)}}
'''Norin''' — Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi daryo. Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Uz. 807 km, havzasining mayd. 59,9 ming km2. Daryo Norin sh.dan 44 km sharkda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin sh.dan 21 km oqib oʻtgach, unga oʻng tomondan Oʻnarcha daryosi, soʻngra Soʻnkoʻldan chiqib keladigan Koʻkjerti daryosi quyiladi. Shundan soʻng , eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqsa Olabugʻa daryosi kelib quyiladi. Toʻgʻuztoʻroʻ soyligiga oqib chiqqach, N. da-ryosiga chap tomondan ancha yirik Koʻkiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Koʻkoʻme-ren daryosi qoʻshiladi. Uzunaxmat va Qo-rasuv daryolari qoʻshilgach, daryo Fargona vodiysiga chiqadi. Shu yerdan boshlab uning suvi qisman sugʻorishga olinadi. Namangan sh. yaqinidagi Baliqchi qishlogʻi yonida N. Qoradaryo bilan qoʻshilib Sirda-ryoni hosil qiladi. N. yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin sh.dan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil boʻlgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora tora-yib, qoyali daraga aylanadi va Uchqoʻr-gʻon sh.dan oʻtgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oka boshlaydi. N.ning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Norin sh. yaqinida) 87,5 m3/sek, oʻrtacha oqim moduli 8,24 m3/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936 y. 20 mayda 772 m3/sek, minimal oʻrtacha oylik suv sarfi 10,2 m3/sek. (1938 y. yanv.) boʻlgan. N. qor-muzlik suvlaridan toʻyinadi. Katta Fargona, Katta Andijon, Shim. Fargʻona, Katta Namangan kanallari shu daryodan suv oladi. N. juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uch-qoʻrgon GES, Toʻqtaqul GES qurilgan. N. boʻyida Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻr-gʻon sh.lari joylashgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}} {{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->