Buxoro viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
imlo
Qator 33:
 
== Taʼlim, madaniyat, sport ==
2000/01 o‘quv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi bo‘lib, 325,2 ming o‘quvchi, 25 gimnaziyada 5700 o‘quvchi taʼlim oldi. 1998—2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 o‘quvchi o‘qiydi. 2001—2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12 iyun qarori). Viloyatda 3 oliy o‘quv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida O‘zbekiston paxtachilik i.t. institutining Buxoro filiali (1928—94-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqo‘riqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bog‘i, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qo‘lyozmalar mavjud. Buxoro viloyati da 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri to‘ng‘ich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil xavaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyati dan Olim Xo‘jayev, Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov, [[Ota Jalol Nosirov]], Ota G‘iyos Abdug‘aniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, O‘lmas Rasulov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. [[Maryam Yosubova]], [[Tesha Mo‘minov]], [[Baxtiyor Ixtiyorov]], Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan.Sog‘liqni saqlash. Viloyatda 6700 o‘rinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 o‘rta tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro shahridan 25 km narida To‘dako‘l dam olish maskani joylashgan. 2001-yilgacha o‘z kasbi bo‘yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi. Sport. Buxoro viloyati sportchilarisportning ko‘plab turlari bo‘yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). Buxoro viloyati da shakllangan va o‘z tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda o‘zbekcha kurash sifatida jahon sport olamida o‘ziga xos o‘rin e gall ad i. Buxorodan sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon chempioni Shuhrat Xo‘jayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash bo‘yicha 1-jahon chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000). O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurg‘“ suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyati da 44 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod o‘quvchi taʼlim oladi (2001).Adabiyoti. Buxoro qadimdan shoir va ulamolar to‘plangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“, „Buxoroyi tarif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro tarixi“ asarida go‘zal sheʼriy parchalar mavjud. Bal’amiy Tabariyning „Taʼrix…“ asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk qomusiy olim bo‘lish bilan birga arab va forstojik tillarida shs’riy asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning ustozi bo‘lib, „Shohnoma“ dostonini dastlab u yoza boshlagan. Abu Mansur Saolibiy „Yatimat ud-dahr“ tazkirasida 10-asrda poytaxt Buxoroda yashab arab tilida ijod qilgan 25 shoir haqida qimmatli maʼlumotlar keltiradi. Uning yozishicha, „Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy edi“. Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan. Sharofiddin Buxoriy (13—14-asrlar) mashhur „Chor kitob“ni tuzgan shofirkonlik ulug‘ mutasavvuf shoirdir. Temuriylar sulolasi davrida Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365—1426), Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-asr) kabi shoirlar yashab, devon tuzishgan. Ismat Buxoriy oʻzbek, fors va arab tillarida sheʼr yozish anʼanasini Buxoroda boshlab berdi. „Ibrohim Adham“ dostonini o‘zbekchada bitdi. U temuriy shahzoda Xalil Sultonning murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonta bag‘ishlangan o‘zbekcha „Shayboniynoma“ dostonini yezdi. Shayboniylar sulolasining vakillari bo‘lgan Buxoro xonlari Muhammad Shayboniyxon „Shayboniy“, Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton „Ubaydiy“, Abdul laxon II „Xon“ ta xalluslari bilan sheʼr va dostonlar yozishdi, devon tuzishdi. Xususan, Ubaydullaxonning ijodi sermahsul bo‘lib, u oʻzbek, fors, arab tillarida lirik g‘azallar, masnaviy yo‘lida so‘fiyona mazmun bilan sug‘orilgan risolalar yozgan.Hasanxo‘ja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida 16-asrda faqat Buxoroning o‘zida yashab, ijod qilgan 110 nafar shoir va tarixchilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon Mushfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniy („Mehmonnomayi Buxoro“ tarixiy asari va o‘zbekcha sheʼrlari bor), Mavlono Naxliy (1549—1636; u Hofiz Tanish Buxoriy bo‘lib, „Abdullanoma“ — „Sharafnomai shohiy“ tarixiy asarining muallifidir), Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qorako‘liy; 1442—1505), Sayd Podshohxo‘ja bin Abdulvahhobxo‘ja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi mashhur shoirlar bor.Turdi Farog‘iy, Buxoriy Naxliy, Shavkat Buxoriy (17-asr), Mulham Buxoriy, Voras, Saidkamol Fitrat (17—18-asrlar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom Buxoriy (18-asr) ashtarxoniylar davridagi eng taniqli shoirlar edi. Buxoro viloyati da mashhur shoir Sayido Nasafiy (17-asr) yashab ijod qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Sharif Buxoriy (vafoti 1697) „Favoidi Hoqoniyya“ (1643), Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“, Mir Muhammad Amir Buxoriy „Ubaydullanoma“, Muhammad Amin ibn Muhammad Zamon Buxoriy „Muhit attavorix“ tarixiy asarlarini yozishdi. Mir Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702— 1711) saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon „Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685—1769) „Tuhfat ulXoniy“ („Xon tuhfasi“) kitobining muallifidir. Shoir, tarixchi va munajjim Abdurahmon Toleʼ (18-asr) „Tarixi Abulfayzxon“ asarini yaratdi. Muhammad Sharif Buxoro amirligi tarixiga oid „Toj uttavorix“ (1800) asarini yezdi. Buxoroda mang‘itlar sulolasi davrida Mirzo Sodiq Munshiy, Mirzo Ato, Muhammad Nishotiy, Mujrim Obid, So‘fixo‘ja So‘fiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824—73), Muztarib, Iso Maxdum Buxoriy (1827—88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876—1902), Abdurahmon Tamkin (1851—1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Donish, Yaʼqub ibn Doniyol Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif (18— 19-asrlar), Muhammad Olim Buxoriy (19-asr), Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniy kabi shoir va tarixchilar ijod qilishgan. Sadr Ziyo — Sharifjon Maxdum (1867—1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla Ikrom (Ikromcha domla) ham ularning munosib izdoshlari edi. Buxorolik Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) „Afzal uttazkor“ (1904) tazkirasida 19-asr oxiri — 20-asr boshida Buxoroda yashab o‘tgan 135 ijodkor haqida maʼlumot beradi.Jadid adabiyotining tamal toshini qo‘yganlar safida buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov „Munzim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.20-asrda Buxoroda o‘ziga xos adabiy muhit shakllandi. Sulton Jo‘ra (1910— 43), Muhammadjon Rahimiy (1901—67), Jalol Ikromiy, Toshpo‘lat Hamid (1927—84), Saʼdulla Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva, Toshpo‘lat Ahmad kabi shoir va adiblar sho‘rolar rejimi davrida ham badiiy jihatdan pishiqasarlaryaratshddi. Bugungi o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida Gulchehra Jo‘rayeva, Usmon Qo‘chqor, Sadriddin Salimov, Tilak Jo‘ra, Norto‘xta Qilich, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Chorshaʼm Ro‘zi kabi shoir va yozuvchilarning o‘ziga xos hissasi bor. Mustaqillik davrida buxorolik ijodkorlar o‘z salaflarining anʼanalariga sodiq qolgan holda o‘zbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilishmoqdasrBuxoro viloyati da O‘zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va b.) ning viloyat sho‘’balari faoliyat ko‘rsatmoqdasr Matbuoti, radnoeshittnrnshn va televvsheniyesi. Buxoro viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari 1922-yildan boshlagan. O‘sha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (q. „Buxkino“). 1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat ko‘rsatmoqdasr Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik ko‘rsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil ztilgan (1995). Buxoro viloyati G‘ijduvon shla „Ark“ xususiy televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va o‘rta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqo‘rikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (mil. av. 1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‘ida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (19—20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (13-asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16—17-asrlar), Toshmasjid (16—17-asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (17—18-asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi (13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon (14—16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida Temiryo‘lchilar (sobiq Amir) saroyi (19—20-asrlar), Peshku tumanida Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (18—19-asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6—7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi (8-asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor tumanida Bo‘zachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorako‘l tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy — Xojai Jahon (12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi (15-asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15—16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi (18— 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10—11-asrlar), Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. O‘zbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
 
== Manbalar ==