Axloq — versiyalar orasidagi farq

44 bytes removed ,  7 yil oldin
tahrir
k (added Category:Etika using HotCat)
(tahrir)
== Axloq va din ==
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib ketganlarni to‘g‘ri yo‘lga daʼvat etishdir. Dinlarda to‘g‘ri yo‘lga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi [[Avesto]]da yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramaynu o‘rtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning o‘z ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi [[Qur’oni Karim]]da axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, o‘zlari uchun katta baxtga sazovor bo‘ladilar. Qur’oni Karimda to‘g‘ri yo‘lga yurishlik istiqomat (o‘zini o‘zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda bo‘lganlarga, yaʼni o‘z-o‘zini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qo‘yganlar uchun qalbini poklash sari umid tug‘diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular — ehson (yaxshilik qilish), kechirimli bo‘lish, sabr-qanoat, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, ota-onani, o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham ko‘rsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular — baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), g‘iybat, zinodir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlikka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va oliyjanob axloqqa chaqirishlari, nojo‘ya ishlardan qaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom axloqining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok, taqvodor bo‘lsa, unday kimsa axloqsizlik yo‘liga kirmaydi. Islomga amal qiladigan xalqlar axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik sharq axloqi degan nom bilan birlashgan. Sharq axloqi Qur’on va hadisdan tashqari juda ko‘plab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifu-tashviq etilgan. „Qobusnoma“, „Axloqi Jaloliy“ kabi maxsus kitoblar yozilgan.
 
{{stub}}
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Etika]]
7 076

ta tahrir