Astronomiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 186 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q333 (translate me)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15:
 
Oʻzbekistonda Astronomiyaning eng ilgʻor sohalari boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. Keyingi chorak asr davomida oʻzbekistonlik astronomlar astrometriya, [[Astrofizika | astrofizika]], xususan, [[Quyosh]] va nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan tashqi astronomiya sohalaridagi tadqiqotlari bilan muhim yutuklarga erishdilar. Galaktikamizning 50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin toʻdalari xususiy harakatlarini kuzatuv yordamida oʻlchab-hisoblab topdilar, toʻdalar tuzilishi va aʼzolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning oʻlchamlarini, Quyoshning Galaktikadagi oʻrnini va uning yadrosiga nisbatan aylanish tezligini, harakat yoʻnalishi — apeksini, shuningdek Galaktikaning qator kinematik parametrlarini aniqladilar. [[Yer]] sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgandan boshlab shu kunga qadar ularni va sayyoralarni kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro dasturlarida (SOPROG, VEGA, Planeta, Statsionar, Fobos, GPS, PRAREva b.da) qatnashib, eʼtiborli ilmiy natijalarga erishiladi. [[1960-yil]]dan boshlab Xalqaro astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekshirib, osmonda inersial sistemani tuzish kabi xalqaro muammoga toshkentlik va kitoblik astronomlar salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985—86 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ToshDU astronomlari bilan hamkorlikda Galley kometasini kuzatish boʻyicha Xalqaro dasturda qatnashib, kuzatuv maʼlumotlari sifati va hajmi bilan birinchi oʻrinni egalladilar va bu bilan uchirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi ichidan oʻtishini taʼminladilar. Yutuklardan yana biri Qashqadaryo viloyatining Maydanak togʻida rasadxona qurilishi boʻlib, u bugungi kunda xalqaro rasadxonaga aylanishi bilan bogʻliq. Maydanakda bajarilgan koʻp yillik kuzatish ishlari asosida yulduzlarning tugʻilish „oʻchoqlari“ topildi, turli nostatsionar va oʻzgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich qoʻshaloq yulduzlar xamda Somon yoʻlining maxsus qismlari oʻrganilib, zarur fotometrik, spektral maʼlumotlar toʻplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va b. davlatlar astronomlari bilan hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh fizikasi sohasida Quyosh dogʻlari va b. qator faol elementlari, turli chaqnashlar, rentgen va radiodiapazonlardagi faol jarayonlar chuqur taxlil qilingan. Hozir esa bu sohaning gelioseysmologiya yoʻnalishi jadal rivojlanmokda. Xususan, Toshkent viloyatining Qumbel togʻida (Chimyon yaqinida) Toshkent astronomiya institutining stansiyasi ochilib, unda Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi doirasida kuzatilmokda. Institutning Toshkent hududida bu tebranishlar TON xalqaro dasturi boʻyicha zaryad yigʻuvchi kuchli matritsa yordamida kuzatilib tahlil qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki tuzilishiga oid muhim maʼlumotlar olinmoqda.Oʻzbekistonda keyingi chorak asrda Astronomiya ga doir nazariy tadqiqotlar ham yoʻlga qoʻyilgan. Ulardastlab 1971—81 yillarda Toshkent astronomiya institutida olib borildi, keyingi yillarda esa ToshDUda davom ettirildi. 1981 yilga kelib ToshDU (hozirgi OʻzMU)da Astronomiya mutaxassisligi ochilib, [[1987-yil]] Astronomiya kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin mutaxassis chiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan, [[Astrofizika | astrofizika]], yulduz astronomiyasi va Galaktikadan tashqi astronomiya sohalarida olib borildi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi koʻrinmas massa miqdori va uning disk va sfera tashkil etuvchilari evolyutsiyasiga taʼsiri nochizikli nostatsionar holda analitik oʻrganildi. Halqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratish usuli ishlab chiqildi. Yulduzlarning bir necha sharsimon toʻdalari va galaktikalarning 10 dan ortiq sferik toʻdalari uchun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari koʻrinma zichlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng „qari“ obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi muammosi birinchi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari ancha keyin [[AQSH]], [[Hindiston]] va [[Meksika]] nazariyotchilari tomonidan oʻta kuchli kompyuter yordamida tajriba oʻtkazish yoʻli bilan tasdiklandi. Hozir bunday nazariy ishlar Toshkent astronomiya institutida ham olib borilib, yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qoʻllanilmoqda va ularning pulsatsiya holati nochizikli nostatsionar modellari tuzilmoqla<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar --
{{Reflist}}
 
 
== Astranomiya bilan bogʻliq sahifalar ==
Qator 31 ⟶ 27:
* [[Meteorit]]
* [[Qora oʻra]]
 
== Manbalar --==
{{Reflist}}
 
[[Turkum:Tabiiy fanlar]]