Ogayo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

3-May 2013, 17:13 dagi koʻrinishi

Ogayo — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uz. 1580 km, havzasining mayd. 528,1 ming km2. Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m3/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avg .— sent.da sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema katnay-di (Luisvill sh. yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. O. soqilida Pitsburg , Sinsinnati, Luisvill sh.lari joylashgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil