Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Dunyo okeani bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Dunyo okeani}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Okean''' ([[yunon tili|yunoncha]] Ωκεανός (''Okeanos'')) yoki '''ummon''' [[dengiz suvi]]dan iborat global jism boʻlib, [[gidrosfera]]ning asosini tashkil etadi. [[Yer]] yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million [[kvadrat kilometr]]) [[Dunyo Okeani]] egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan chuqur. Okean suvining oʻrtacha shoʻrligi 35 [[promille]] (3.5%).
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Okean''', Dunyo okeani (yun. Okeanos — [[Yer]]ni aylanib oqadigan azim daryo) — [[Yer]]ning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, [[Yer]] yuzasining taxm. 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan O. bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
 
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 y.da golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shim. Muz, Jan. Muz O.lariga boʻldi. 1845 y.da London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-a.ning 30-y.laridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz O. [[Yer]] sharida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shim. yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shim. yarim sharda joylashgan. Jan. yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shim. kenglikdan shim.da Shimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxm. 56° bilan 65° oʻrtasida O. suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan jan.sharkda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan O. atmosfera va [[Yer]] pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham O.ning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va [[Yer]] poʻstiga bogʻliq.
 
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli [[Yer]]da t-ra juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va b.dan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi O. yoʻllari orkali amalga oshiriladi (q. [[Dengiz transporti]]).
 
O.ning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida O.dan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, O. resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va b.) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.
 
Keyingi yillarda O.da olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, O. tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.
 
Tubining geologik tuzilishi va relyefi. O. tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. O. tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) [[Yer]] pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. O. tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan O. qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.
 
O. tubining materiklarga yondosh kismlarining [[Yer]] pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh O. qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
 
Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining shim.-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan O. qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000— 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; O.ning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.
 
Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari O. tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.
 
O. tubi choʻkindilari. Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi O.ning materik yaqinidagi zonalarida 2000—3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
 
O. tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, O. qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar O.ning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shim. kenglikdan 50° jan. kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; O. qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500—5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500—5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. O.ning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. O. tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km2), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km2 dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km2ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan.
 
O. tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, O. oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va b. elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.
 
Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari 1000 yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000 yilda 1—30 mm gacha yigʻiladi. Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000 yilda 100 mm).
 
Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Choʻkindilarning mikdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.
 
Kelib chiqishi va geologik tarixi. O. suvi [[Yer]] mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. O.dagi botiklarning paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi O. kamida yura davridan beri mavjud, chunki O. tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar O.ning juda qadimiyligidan dalolat beradi. O. tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida [[Yer]] poʻstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi (q. [[Yer]]).
 
Suvlari geokimyosi. O. suvi oʻrta[[cha 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat]]. O.da hammasi boʻlib 5-YU22 g erigan tuzlar bor. O. tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan choʻkindilarning erishi, atmosfera bilan modda almashish jarayoni va O. tubi choʻkindilari, shuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va b. baʼzi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyasiyalanadi va gid-rooksidlar shaklida O. tubiga choʻkadi. Dengiz suvining bir kancha mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag, siyrak yer elementlari va b. turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar bilan adsorbsiyalanish yoʻli orqali choʻkadi.
 
O. suvida atmosferadan tushadigan va okean suvi katlamlarida vujudga keladigan turli xil gazlar ham erigan holda mavjud. O.dagi hayot faoliyatini belgilab beradigan O2 va SO2 ayniqsamuhim ahamiyatga ega. Bir qancha inert (kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydigan) gazlar —N2, Ar, Kg , Xe ham bor. Suvning ustki qatlamlarida (100— 150 m) O2 miqdori eng koʻp (7—8 ml/ l); chuqurlashgan sari 3,0—0,5 ml/l ga tushib qoladi, bir xil joylarda umuman O2 yoʻq. SO2 esa, aksincha, suvning chuqur qatlamlarida eng koʻp boʻladi.
 
Fitoplanktonning fotosintetik faoliyati suvning ustki (100—150 m gacha chuqurlikda boʻlgan) qatlamlaridagi erigan gazlarni kislorod bilan boyitadi, SO2 ni yutadi. Organizmlar ugleroddan tashqari Si, Ca, Mg, K, Vg , I, R, Na, shuningdek, fiziologik ahamiyatga ega boʻlgan V, Zn, Cu, Co, Ni kabi bir qancha ogʻir metallarni ham yutadi. Organizmlar oʻlganda bu elementlarning bir qismi choʻkadi va tegishli sharoitda toʻplana boradi. Temir-mar-ganetsli konkretsiyalarda Si, Zn, Ni, So, Mo, Ag, Ti, Pb va b. elementlar ham Yigiladi. Temir-marganetsli konkretsiyalarning umumiy miqdorini 10p ga teng deb hisoblash qabul qilingan.
 
Mineral va energetika resurslari. O. boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat.
 
20-a.ning 70-y.larigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.
 
O.dan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km2 ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). Taxm. hisobga koʻra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m3. 20-a. 70-y.lar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100—110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni O.ning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shim. dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
 
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va b. mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va b. qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning jan.-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va b.) keng tarqalgan.
 
O. tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda.
 
Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. O.dan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi t-ra tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr st-yasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); RFda Kola ya.o.ning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr st-yalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday st-yalar loyihalari ishlab chiqilmokda. O.ning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning t-rasi ustki qatlamlarda 30°, 400—500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr st-yasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. O. ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.
 
Gidrologik rejimi. O.ning i s -siqlik balansi. O. issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoshning yalpi radiatsiyasidan O.ning nur qaytarishi ayirmasi), bugʻlanishga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi bilan atmosfera oʻrtasidagi turbulent issiklik almashinishi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib ketishi.
 
Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° shim. kenglik va 20° jan. kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam boʻlishiga bogʻliq. Bosim baland joylarda bugʻlanishga ham maksimal issiqlik sarf boʻladi. Turbulent issiqlik almashinish barcha kengliklarda ham boshqalardan kam boʻladi. O. suvi 30° shim. kenglik bilan 30° jan. kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida oʻrta va qutbiy kengliklarda iklimni anchagina yumshatib tu-radi. 3-jadvalda O. issiklik balansining tarkibi kkal/sm2 yilda kenglik mintaqalari boʻyicha berilganSuv balansi. O. yuzasidan bugʻlanadigan namlik, yogʻin suvlari va materikdan oqib tushadigan suvlardan tarkib topadi. Ana shu suvlarning nis-bati turli kengliklarda O. suvining shoʻrlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tushadigan suvlar O.ga tushadigan yogʻin suvlarining atigi 10% ini tashkil etadi. Shim. yarim sharda bugʻlanish bir yilda 111,9 sm; yogʻin 116,7 sm ga, Jan. yarim sharda bugʻla-nish 113,0 sm, yogʻin 91,6 sm ga teng . Oʻrtacha va qutbiy kengliklarda muzlarning erishi va suv muzlashi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega.
 
Temperaturasi. Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami O. ustiga tushadigan quyosh energiyasining 94% ini yutadi. Aralashish natijasida issiklik O.ning barcha qatlamlariga oʻtadi. O. yuzasidagi suvlarning yillik oʻrtacha t-rasi 17,5°, O. ustidagi havo t-rasi esa 14,4° ga teng . Shim. yarim sharda suv t-rasi Jan. yarim shardagiga nisbatan baland-roq (materik taʼ-sirida). Termik ekvator (eng katta t-ralar liniyasi) ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda oʻrtacha yillik t-ra 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklashgan sari u qutbiy oʻlkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gacha pasayadi. T-raning mav-sumiy tebranishlari 100—150 m chuqurlikkacha yuz beradi. Chuqurlashgan sari t-ra pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tushadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil boʻlmaydi. O. tubida t-ra yuzadan kelib turadigan suv t-rasiga bogʻliq. O. tubiga yakin suv t-rasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past boʻladi. 7 ming m dan chuqur botiklarda t-ra pasaymasdan, ak-sincha, adiabatik jarayon taʼsirida bir gradusning oʻndan bir ulushlarigacha orta boradi.
 
Shoʻrligi. Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi O. yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.
 
Shim. yarim sharda Jan. yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shim.da 31,4%0; jan.da 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100— 150 m chuqurlikkacha seziladi.
 
O. suvlarining sirkulyasiya-si. O.ning 150—200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida O. suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shim. qismi va Tinch okeanning shim.-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150—200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi O. suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (q. [[Dengiz oqimlari]]).
 
Toʻlqinlar. Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari O. da shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari O.ning 50— 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning bal. 12—13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar O. suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari O.da doimo boʻlib turadi. O.da ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.
 
Suv koʻtarilishlari.O. reji-mida suv sathining davriy ravishda koʻtarilibpasayib turishi — suv koʻtarilishlari va suv koʻtarilishi oqimlari muhim rol oʻynaydi. Yarim sutkalik suv koʻtarilishlari eng koʻp takrorlanadi. Ochiq O.da bu toʻlqinlarning bal. 1 m dan oshmaydi, lekin, qirgʻoqlarda 3—6 m ga yetadi. Eng katta suv koʻtarilishlari okean qoʻltiqlari va chekka dengizlar uchun xosdir: Fandi qoʻltigʻida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirgʻogʻi) 18 m ga yetadi. Baʼzi oʻlkalarda (Meksika qoʻltigʻining gʻarbiy qismi, Yava dengizi va b.) suv koʻtarilishlari sutkalik boʻlib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boshqa joylarda aralash (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv koʻtarilishlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qoʻltigʻi).
 
O. suvlarining aralashishi. O. suvlari vertikal va gorizontal yunalishda aralashib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oʻtadi. Aralashish molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralashish yuz beradi. Friksion aralashish shamol va suv koʻtarilishi shaklida boʻladi. Shamol taʼsirida suv shamol toʻlqinlari yetib borgan chuqurlikkacha aralashadi, suv koʻtarilishi natijasidagi aralashish O. tubigacha yetadi.
 
Suv aralashishining O. hayotidagi roli katta. Aralashish natijasida quyosh nuri yuza qatlamlardan quyi qatlamlargacha oʻtadi, chuqur qatlamlar kislorodga toʻyinadi, yuza qatlamlar toʻyimli (biogen) moddalarga boyiydi. O.larning uncha chuqur boʻlmagan va intensiv aralashib turgan joylarida dengiz hayvonlarini ovlash qulay (Barens, Shimoliy, Azov dengizlari, Nyufaundlend oroli yaqinida va b.).
 
O. sathi suv koʻtarilishi, shamollar, atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Atmosfera bosimi taʼsirida O. sathining oʻzgarishi mavsumiy harakterga ega. Shamollar taʼsirida baʼzan, suv sathi juda baland koʻtariladi va O. sohillarida suv toshqinlariga olib keladi.
 
O. suvining rangi va shaf-fofligi uning yorugʻlik nurlarini yutish va tarqatish qobiliyatiga, spek-tral tarkibining oʻzgarishiga, yorugʻlik oqimining sekinlashishiga bogʻliq. Ochiq O.da suv oʻta shaffof koʻk rangda boʻladi. Suv tarkibida zarrachalar koʻp boʻlsa suv zangori-koʻk yoki yashil rangda boʻladi (qirgʻoq boʻyi, baʼzi yopiq dengizlar). Koʻplab loyqa keltiriladigan katta daryolar quyiladigan joylarda suv rangi sargʻish yoki jigarrang tusda boʻladi.
 
Zonallik. Quyosh energiyasining O.da taqsimlanishi bir xil boʻlmay, zonallik qonuniga boʻysunadi. Kenglik zonalligi 150—200 m qalinliqdagi qatlamni oʻz ichiga oladi. Shunga bino-an, O.da kuruqlikda boʻlganiday qutbiy, qutb yoni, moʻʼtadil, subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalar bor.
 
Vertikal zonallik yuza, yuza tagi, oraliq, chuqur va O. tubi yaqinidagi suv massalari shaklida ajralib turadi. Yuza suv massalaridan atmosfera bilan aktiv energiya va modda almashinishi roʻy beradi.
 
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi. Tirik organizmlar O.ning yuzasidan tortib eng tagigacha uchraydi. Yashash joyiga qarab suvdagi pelagik organizmlar (passiv suzuvchilar — plankton va faol suzuvchilar — nekton) va O. tubida yashaydigan organizmlar (bentos) boʻladi. Oʻsimlik organizmlaridan bakteriyalar va baʼzi quyi zamburugʻlargina O.ning hamma joyida uchraydi. O.dagi biologik, kimyoviy, geologik jarayonlarda bakteriyalar katta rol oʻynaydi. Ular modda almashinishi, oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi, suvda va tub choʻkindilaridagi organik moddalarni oʻzlashtiradi va h.k. Qolgan oʻsimlik organizmlar O.ning fotosintez yuzaga keladigan va yoritilib turadigan ustki qatlamlaridagiga (asosan, 50—100 m chuqurlikkacha) boʻladi. O.da 10 mingga yaqin oʻsimlik turi bor. Fitoplankton, asosan, dia-tom suvoʻtlar, qivchinsimonlardan peridineya va kokkolitoforidlardan iborat. O. tubi oʻsimliklariga (fito-bentos) diatom, yashil qoʻngʻir va qizil suvoʻtlar, shuningdek, gullaydigan oʻtsimon oʻsimliklarning (mas, zostera) bir necha turi kiradi.
 
O.ning hayvonot dunyosi yana ham xilma-xildir. O.da erkin hayot kechiruvchi hoz. zamon hayvonlarining sinflari yashaydi, koʻpchilik sinflar esa faqat O.dagina bor. O. faunasi 160 mingdan ortiq turni oʻz ichiga oladi: 15 ming eng sodda jonivorlar (asosan, radiolyariyalar), 5 ming bulutlar, 9 ming kovakichlilar, 7 mingdan ortiq har xil chuvalchanglar, 80 ming mollyuskalar, 20 mingdan ortiq qisqichbaqasimonlar, 6 ming ignatanlilar va boshqa umurtqasizlar (mshankalar, braxio-podalar, pogonoforalar va b. baʼzi bir turlar), 16 ming baliq turi. Umurtqali hayvonlardan O.da, baliqdardan tashqari, baʼzi toshbaqalar va ilonlar (50 tur) va 100 xildan ortiq sut emizuvchilar, asosan, kitsimonlar va kurakoyoqlilar yashaydi. Baʼzi kushlarning (pingvinlar, albatroslar, chaykalar va b. — 240 tur) hayoti doimo O. bilan bogʻlangan.
 
Tropiklarda hayvon turlari, ayniqsa, xilma-xil. O. tubi faunasi sayoz marjon riflarida, ayniqsa, koʻp turlardan iborat. Chuqurlashgan sari hayot kamayadi. Eng chukur joylarda (9000— 10000 m va undan ham quyida) bakteriyalar va bir necha oʻn xil umurtqasiz hayvonlargina yashaydi.
 
O.ning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton mikdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinchi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga bogʻliq. Fitoplanktonga boy joylarda u bilan oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng koʻp.
 
O. tubi organizmlari moʻʼtadil oʻlkalarning qirgʻoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, koʻp (O. tubining 1 km2 maydonida bir necha oʻn kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta chukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan choʻkadigan va qirgʻoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yashaydi. O.ning turli chuqurliklarida hayot sharoitlari bir xil emas. Chuqurlashgan sari yorugʻlik kamayadi, t-ra pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi O.da vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. O. tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv koʻtarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral (200 m gacha), batial (2500— 3000 m), abissal (6000 m gacha), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan chukur). O. suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150—200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750—1000 m) va chukur suv zonalari ajratiladi. Chukur suv zonasi oʻz navbatida batipelagial (2500—3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan chukur)ga boʻlinadi. Koʻpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom ashyosi sifatida foydalaniladi.
 
Biologik resurs lari. O. yirik biologik resurelar manbaidir. Butun dunyoda ishlatiladigan hayvon oqsilining 12—15%, hayvon yogʻlarining 3— 4% i O.dan olinadi. Dunyodagi baliq va b. jonivorlar ovining 4/5 qismi dengiz va okeanlarga toʻgʻri keladi. Den-gizdan ovlanadigan mahsulotlarning 90% ini baliq tashkil etadi. 5% turli xil mollyuskalardan, 3% qisqichbaqasimonlardan, 1,5% suv oʻsimliklaridan iborat. Dengiz sut emizuvchilari (kitlar, tyulenlar va b.) ham ovlanadi. O. biologik resurslarining jadal surʼatlarda oʻzlashtirilishi va qudratli texnikadan foydalanish bu zaxiralarning keskin kamayishi va tiklanmasdan qolish xavfini tugʻdi-radi. O.dagi hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish zarurati bu sohada xalqaro hamkorlik qilish, O. hayvonlarini muhofaza qilish ma-salasini kun tartibiga qoʻyadi. Eng qimmatli dengiz hayvonlari va oʻsimliklarini sunʼiy ravishda qaytadan koʻpaytirish muhim rol oʻynashi kerak.
 
Xalqaro huquq rejimi. O. huquq rejimi inson faoliyatining O. bilan boglik boʻlgan 6 ta yirik huquqiy regla-mentatsiyasini, yaʼni O. akvatoriyapari rejimi, O.da savdo kemalari qat-novi rejimi, harbiy kemalarning suzib yurishi rejimi, O.da ilmiy tadqiqotlar olib borish rejimi, O. tubi va yer osti boyliklari, shuningdek, O. muhitini muhofaza qilish huquqiy reglamentatsiyalarini oʻz ichiga oladi.
 
O. huquq rejimi xalqaro shartnomalar va taomillar, shuningdek, ayrim davlatlarning milliy qonunlarida aks etgan. O. rejimini belgilashda hukumatlararo dengiz konsultativ tashkilo-ti, BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tash-kiloti (YUNESKO) ning okeanofafiya komissiyasi, BMTning milliy yurisdiksiya doirasidan tashqarida amal qiladigan qoʻmitasi — dengiz va okeanlar ostidan tinchlik maqsadlarida foydalanish qoʻmitasi, BMTning dengiz huquqi qoʻmitasi va b. xalqaro tashkilotlarning roli katta.
 
O. akvatoriyalari xalqaro huquqiy rejimi dengizga chiqish yoʻli boʻlgan har bir davlatning ichki dengiz suvlari (q. [[Ichki suvlar]]), xududiy suvlar va ochiq dengiz suvlari huquqiy reglamentatsiyasini oʻz ichiga oladi.
 
Savdo kemalari qatnovining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar savdo kemalarining tinchlik va oʻzaro manfaatdorlik asosida erkin suzishiga yordam berish, dengiz savdo kemalari qatnovi xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar va yuklarni tashish, savdo kemalari va ularning ekipajlari, yoʻlovchilari va yuklarining huquqiy holatiga ochiq dengizda ham, chet davlatlarga tegishli suv va portlarda ham rioya qilish uchun belgilanadi.
 
Harbiy dengiz kemalarining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar harbiy kemalarining dengizda erkin suzishiga koʻmaklashish, xavfsizligini taʼminlash, dengizda boʻladigan har xil hodisaning oldini olish, dengiz va okeanlarda huquqiy tartibotga boʻysunishga xizmat qilishdan iborat. Bu rejim ochiq dengizdagi harbiy kemalarga alohida ququqlar (dengizda huquqbuzarlarni taʼqib qilish, dengiz qaroqchilari, qul savdosi va b. xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish kabi ququqlar) beradi.
 
Ilmiy tadqiqotlar olib borish xalqaro huquqiy rejimi vazifasi O.ni, shuningdek, dengiz akvatoriyasidan atmosfera va kosmosni har tomonlama tadqiq etish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. O. huquqining bu sohasi rivojlanib bormoqda. O.ni tadqiq etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimi O. huquqida alohida ahamiyatga ega.
 
O. muhitining xalqaro-huquqiy muhofazasi O.dan har qanday maqsadda foydalangan holda ham dengiz muhitini, ekologik mu-vozanatini saklashdan, uning ifloslanishiga (ayniqsa, radioaktiv moddalarning tarqalishiga) yoʻl qoʻymaslikdan, shuningdek, flora va fauna, O. tubi va yer osti boyliklari, O. ustidagi atmosferaga va sh.k. ga zarar yetkazilishining oldini olishdan iborat.
 
O.da baliq va dengiz hayvonlari ovlash va oʻsimliklar yigʻishni tartibga soladigan xalqaro huquq O.dagi biomassalarning rivojlanishiga zarar yetkazmasdan ish koʻrishni belgilaydi. O. tubi va yer osti boyliklari xalqaro huquq rejimi xoz. dengiz huquqida kam ishlangan soha-dir. Dengizdan foydalanishning bu turi 60-y.lar va 70-y.larning boshida rivojlana boshladi.
 
== Adabiyot ==
* Shokalskiy Yu. M., Okeanografiya, 2 izd., L., 1959; Kerrington R., Biografiya morya, per. s angl., L., 1966; Istoshin Yu. V., Okeanologiya, L., 1969; Ditrix G., Obshaya okeanografiya, per. s nem., M., 1962; Okean (Sb. st.), per. s angl., M., 1971; Shepard F. P., Morskaya geologiya, per. s angl., 2 izd., L., 1969; Leontyev O. K., Dno okeana, M., 1968; Okean i chelovechestvo, M„ 1968.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Dunyo Okeani shartli ravishda beshta okeanga boʻlinadi:
Qator 134 ⟶ 26:
 
[[no:Hav#Verdenshavene]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}