Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

3-May 2013, 18:14 dagi koʻrinishi

Oliy taʼlim — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. O.t. oliy oʻquv yurtlari tomonidan xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boʻyicha oliy malakali mutaxassis boʻlishni istagan va tegishli talablarni bajargan oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼli-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan koʻnikmalar shakllantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

O.t. jarayonida talabaga oliy maʼlumot beriladi. Oliy maʼlumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boʻyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigʻindisini anglatadi.

O.t. uzoq tarixga ega boʻlib, u dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun O.t. tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yoʻllari haqidagi asarlarini oʻrganar edilar. Platon (mil. av. 428—348 y.), Aristotel (mil. av. 384—322 y.) singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va akliy imkoniyatlari 3 bosqichli taʼlimda toʻla namoyon boʻlishini asosla-ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va Qad. Rimda ozod kishilar hamda asl-zodalarning farzandlari uchun taʼlimning uchinchi — oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik O.t.da falsa-fa, filol., musiqa, notiklik, tibbiyot, mat. fanlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Musulmon Sharqining koʻp mamla-katlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki O.t. madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renes-sansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Gʻarb mamlakatlarida 11 —12-a.larga kelib zamonaviy maʼnodagi O.t. tizimining dastlabki koʻrinishlari vujudga kela boshladi. Uygʻonish davriyaa mat., mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar O.t.ning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab boʻldi. Fan, texnika, madaniyat va sanʼatning rivojlanishiga mutanosib ravishda O.t. ham taraqqiy etib bordi.

Oʻzbekistonning mahalliy aholisiga hoz. tushunchadagi O.t. Oʻrta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 y. 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shoʻrolar davrida O.t. tarmogʻi bir qadar kengaygan boʻlsada, maqalliy aholidan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda boʻlmagan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin O.t. tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, O.t. oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar O.t. oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda O.t. davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda un-t O.t.i ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.

O.t. rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, mikdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va i.ch. amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.

Talabalarga i.ch.dan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi (q. Sirtqi taʼlim). OʻzRda O.t. tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi O.t.da oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi O.t.da taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi O.t.ning imtihon sessiyalari har bir oʻquv yurtining imkoniyatiga karab, bir yilda ikki martadan ortiq boʻlmagan yoʻsinda tashkil etiladi. Sirtqi O.t. muddati kunduzgi oʻqishdagi tegishli mutaxassislikka Karaganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi (yana q. Oliy oʻquv yurtlari).

Krzoqboy Yoʻldoshev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil