Oltin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Or Venezuela.jpg|thumb|right|Oltin]]
'''Oltin''' yoki '''tilla''' - [[unsurlar davriy jadvali]]ning 79-unsuri. Kimyoviy belgisi '''Au''' ({{lang-la|aurum}} - „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan [[metallar|metall]]. [[Atom massasi]] - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm<sup>-3</sup>, erish harorati - 1337.33 [[Kelvin|K]] (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oltin''' (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, at. m. 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda O. 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. O.ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.
 
O. insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan O. buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda mil.av. 3—2 ming yilliklarda O. qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.
 
O. tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma O.) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof O. mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. RF da (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida O. konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m3 da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha O. boʻladi. Oʻzbekistonda O. makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.
 
O. yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm3 (20° da). Suyuqlanish t-rasi 1064,4°, qaynash t-rasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. O. yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. O. — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va b.da erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. O. oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, O. amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli O. birikmalari barqaror hisoblanadi.
 
O. rudalardan bir necha usulda, mas, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. O. amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy sianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan O. ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun O.li qumga kaliy sianid (yoki natriy sianid NaCN) eritmasi qoʻshiladi. O. bilan kaliy sianiddan hosil boʻlgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux taʼ-sir ettiriladi. Rux O.ni choʻkmaga tushiradi. Olmalik, kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil boʻlgan toshqoldan O. ajratib olinadi. "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi Zarafshon oltin i.ch. kom-pleksi chiqindisidan sian usulida O. ajratib olishni yoʻlga qoʻygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmokda. O.ning eng koʻp ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda O.ni zar suvida eritish natijasida hosil boʻladi. O.ning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli ok-sidlari va b. birikmalari maʼlum. O. valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qoʻllanadi.
 
/4y.:Dalimov T.N., Shayakubov T. Sh., Trotskiy V.I. i dr., Geologiya i poleznie iskopayemie Respubliki Oʻzbekiston, T., 1998; Parpiyev N.A., Muftaxov A.Gʻ., Raximov X.R., Anorganik kimyo [3 qism], T., 2000-2003.
 
Nusrat Parpiyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{davriy jadval}}
Qator 8 ⟶ 25:
{{Link FA|cs}}
{{Link FA|de}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}