Oltoy tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 77 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q37845 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 13:
|qism5=[[Yapon tili]]
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oltoy tillari''' — turkiy tillar, moʻgʻul tillari va tungus-manjur tillarini ularning kelib chiqishi bir degan taxmin asosida birlashtiradigan tillar makrooilasini biddiruvchi shartli termin. Ayrim olimlar ushbu makrooilaga koreys va yapon tillarini ham kiritganlar. "Oltoy" atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qad. vataniga ishoradir.
 
G. Ramsted, N. N. Poppe, Ye. D. Polivanov, V. L. Kotvich, M. Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab boʻlgan: sanab oʻtilgan til oilalaridagi anchagina umumiy leksika; soʻzning tovush tarkibidagi, fonetik va morfologik qurilishidagi oʻxshashliklar (singarmonizm va agglyutinatsiya); soʻz yasalishi va sintaksis sohasidagi kategoriyalarning struktura va mazmun jihatdan bir xilligi yoki oʻxshashligi va b. Shuningdek, deyarli barcha O.t.da maxsus soʻroq yuklamalari mavjud, old qoʻshimcha (prefiks)lar qoʻllanmaydi, egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdoshlarning qoʻllanish doirasi keng va h.k.
 
Biroq 20-a. 50-y.larida toʻplangan materiallarni yoppasiga oʻrganishdan shu narsa maʼlum boʻldiki, sonlar, tana aʼzolari, yil fayellari va sutka boʻlaklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lugʻaviy guruhlar sohasidagi oʻxshashliklar foizi juda past ekan. Bu holat oltoy bobotilining mavjud boʻlganligini shub-ha ostida qoldiradi.
 
O.t.ning qarindoshligi haqidagi faraziyani, bir tomondan, materiallar yetarli boʻlmaganligidan, isbotlangan deb hisoblab boʻlmaydi; ikkinchi tomondan, tavsiya etilgan koʻplab chogʻishtirishlarning ishonarliligi tufayli, asossiz, puch deb ham boʻlmaydi. Bu masalani chuqur oʻrganish va uzil-kesil hal qilish oltoyshunoslikning dolzarb vazifalaridandir. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Oltoy tillari''' — [[Osiyo]] va [[Sharqiy Evropa]]da, [[Balkan]]dan Magadan viloyatigacha va Taymardan [[Eron]] va Ryukyu orollarigacha tarqagan, 60 ga yaqin tillardan iborat<ref>[http://journals.cambridge.org/action/displayAbstract;jsessionid=A7D36A55C4A29AEB34AA39715F46F706.tomcat1?fromPage=online&aid=17033 Georg ''et al.'' 1999: ] 73-74</ref>.
 
Qator 25 ⟶ 36:
 
[[Turkum:Til guruhlari]]
 
{{OʻzME}}