Olcha: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
olivoli bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|olivoli}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Olcha''', olivoli (Cerasus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi; mevali daraxt, 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi usadi. Madaniy turlaridan oddiy O. (C.vulgaris) koʻp tarqalgan. Juda qadimdan Markaziy va Jan. Yevropada, Shim. Afrika, Sharq-iy Osiyo, Shim. Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda O.ning mahaleb O.si yoki kamxastak (C.mahaleb), qizilmevali O. yoki chiya (toshchiya) (S. erythrocarpa Neski.) yovvoyi turlari adir va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Oddiy O. darax-tining boʻyi 6—7 m, sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli, unumdor tuproklarda yaxshi oʻsadi va moʻl hosil beradi, 30— 40 yil (baʼzan 100 y.gacha) yashaydi. Mevasi mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, och qizildan toʻq qizilgacha. O. meva bandining uzunligi bilan boshka danakli mevalardan farq qiladi. Tarkibida 7,3—14,5% qand, 0,8—2,4% organik kislotalar, 0,15—0,88% oshlovchi moddalar, S, V2, V9 vitaminlar va b. mavjud. Yangiligida yeyiladi, konservalar, murabbo, jem, vino, qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Hosildorligi 100 s/ga. Mevasi may— iyunda pishib yetiladi. O. danagidan, iddiz bachkisidan hamda payvandlab koʻpaytiriladi. Ekilgandan soʻng 3—4-yili hosilga kiradi, 6—7-yili yaxshi hosil beradi. O.ga qisqa tanali qilib, siyrak pogʻonali shakl beriladi.