Orenburg — versiyalar orasidagi farq

1 630 bytes added ,  7 yil oldin
Maqolaga matn qoʻshildi
k
(Maqolaga matn qoʻshildi)
| sayt = http://orenburg.ru
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Orenburg''' (1938-1957 y.larda Chkalov) — RFning Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi boʻyida. T.y. tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi oʻrinda — temirchilik, presslash asbobuskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va b. ishlab chiqariladi; yoqilgʻi, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazla-malar, koʻn), oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼ-at muzeylari bor. Ilk bor 1735 y.da Oʻr daryosining Yoyiq (hoz. Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743 y.dan hoz. oʻrnida. O. 18-a. va 19-a.ning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744 y.dan O. gubernyasi, 1782 y.dan Ufa no-ibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796—1801 va 1865 y.dan gubernya markazi. O. kazak qoʻshinlarining harbiy va maʼmuriy markazi (1748 y.dan). 1850—81 y.larda general gubernatorlik markazi. Rossiya imperiyasi bilan Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasida 18— 19-a.larda savdo va elchilik alokalari, asosan, O. orqali oʻtgan. Oʻrta Osiyodan O.ga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan (q. [[Orenburg savdo Nuli]]). 1900—1906 y.larda O. — Toshkent t.y. qurilgan. 1920—25 y.larda Qirgʻiziston Muxtor Respublikasi (oʻsha vaktlarda ruslar Qozogʻistonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa darvozasi krldikdari (18-a.), karvonsaroy (1836—42) saklanib qolgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Orenburg''' (1938—1957 yillari Chkalov) — [[Rossiya]]dagi shahar, viloyat markazi. [[1735]]-yili qoʻrgʻon maqsadida barpo etilib, nomi Or daryosining nomiga bagʻishlab qoʻyilgan. Aholisi 579,3 mimg kishi (2011). Shaharda mashinasozlik, kimyo, [[neft]] kimyosi, oziq ovqatlar ishlab chiqarish, va boshqa mahsulot ishlab chiqarish sanoati yaxshi rivojlangan. 4 ta oliy oʻquv yurti, jahonnoma va [[tasviriy san'at]] muzeylari bor. Orenburg shahri Yoyiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.
 
 
{{Reflist}}
 
{{OʻzME}}
187 762

ta tahrir