Nikolay Ostroumov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

4-May 2013, 15:53 dagi koʻrinishi

Ostroumov Nikolay Petrovich (1846.15.2, Tambov gubernyasi — 1930.17.2, Toshkent) — Turkistonda faoliyat koʻrsatgan rus missioneri, sharqshunosi, etnografi. Qozon diniy akademiyasida oʻqigan (1866—70). 1877 y.dan Toshkentda yashagan. Xalq bilim yurti inspektori, Oʻqituvchilar semi-nariyasi (1879 y.dan) va Erlar klassik gimnaziyasi direktori (1889). Ayni vaqtda "Turkestanskaya tuzemnaya gazeta" ("Turkiston viloyatining gazeti") muharriri (1883—1917). Okt. toʻntari-shidan soʻng sovet idoralarida ishlagan. Oʻlkashunoslikka oid koʻpgina il-miy asarlar muallifi. Oʻzbekiston xal-qining hayoti va turmush sharoitini yaxshi bilgan. Ayrim asarlari Toshkent sh.ga bagʻishlangan: "Toshkentdan Samarqandgacha, 1901; "Toshkent shahrining soʻnggi Shayxulislomi va qozi-kaloni aka-uka Oyxoʻja va Hakimxoʻjalar", 1915 va b. Toshkent hududida arxeologik kuzatishlar olib borgan (sobiq Nikiforov yerlarida, Shohnishintepa va b.). Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragining tashkilotchilaridan va faol aʼzolaridan boʻlgan. O. tashabbusi va ishtirokida A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy asarlari dan namu-nalar oʻzbek tiliga tarjima etilgan. Mahtumquli, Muqimiy, Furqat va b. shoirlarning asarlarini markazii va mahalliy matbuotda chop ettirgan. oʻzbek folklori namunalari (ertak, makrl va matallar)ni toʻplagan va nashr ettirgan. Shu bilan birga O. monarxizm va pravoslav missionerligi ruhida tarbiyalangan boʻlib, Rossiya imperiyasi tarkibida yashagan xalklarni ruslashtirish siyosati tarafdori boʻlgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil