Otliq askarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

4-May 2013, 16:03 dagi koʻrinishi

Otliq askarlar — qad. dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qoʻshin turi. O.a. paydo boʻlgunga qadar Misr, Xi-toy, Hindiston va h.k. yurtlarda otlar qoʻshilgan 2 gʻildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. O.a. alohida qoʻshin turi sifatida ilk bor mil. av. 9-a.da Ossuriya armiyasi tarkibida tashkil etiladi va soʻngra boshqa quldorlik davlatlariga tarqaladi. Mil. av. 6-a.dan eʼtiboran axomaniylar armiyasida O.a. qoʻshinning asosiy turi boʻlib, qilich va nayza bilan qurollangan ogʻir O.a. hamda kamon va oʻq bilan taʼminlangan yengil O.a. mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda O.a. mil. av. 1-ming yillik 1-yarmidan mavjud boʻlib, saklar, massa-getlar, sugʻdiylar, xorazmiylar qushi-nining asosini tashkil qilgan. Par-fiya O.a.i ham deyarli shunday qurilishga va qurollanishga ega boʻlgan.

Yunon davlatlarida (Sparta, Afina) O.a.ning mikdori ancha kamsonli edi. Mil. av. 4-a. 1-yarmida Fiva sar-kardasi Epaminond birinchi boʻlib O.a.ni piyoda askarlar bilan hamkorlikda jangga solgan. Mil. av. 4-a. 2-yarmida Makedoniyada muntazam O.a. yuzaga keladi va mustaqil qoʻshin turi sanaladi. Aleksandr armiyasida O.a. yaxshi tay-yorgarlik koʻrgan, jang maydonida er-kin harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan zarbdor kuch tarzida ogʻir, oʻrta va yengil turlarga boʻlingan. Qad. Rim armiyasida O.a. qoʻshimcha qoʻshin turi hisoblangan.

Gʻarbiy Yevropada 11 —12-a.larda armiyaning asosiy zarbdor qismini ritsarlardan tuzilgan O.a. tashkil qilgan. Suvoriy ritsar qilich, ogʻir nayza, qalqon, dubulgʻa va zirh bilan qurollangan. 12-a.ning 2-yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan taʼminlangan.

Qad. Rus davlati (9—10-a.lar) qoʻshi-nida knyaz drujinalaridan tashkil qilingan O.a.ning soni piyoda askarlarga nisbatan ancha kam boʻlgan.

Turk-moʻgʻul davlatlari armiyasining asosini tashkil etuvchi O.a. oʻzining tashkiliy hamda jangovar krbiliyati bilan alohida ajralib turgan. Hunlar davrida O.a.ning soni 240 mingtaga yetgan. Turkiylar tomonidan jahon harbiy sanʼati tarixida birinchi boʻlib suvoriylar safining joriy qilini-shi (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 m, jangovar qatorlar soni 10 ta) otliq qoʻshinning dushman us-tidan toʻla ustunligini taʼminlagan. Turk xokonliginint (6—8-a.

lar) sovutli muntazam O.a.i nafaqat tekislikda, shuningdek, togʻlik hududlarda ham muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlib, koʻp vaqtlar davomida unga teng keladigan raqib topilmagan. Nayza bilan jang qilish sanʼatini mohirona egallagan turk otliqlari xitoylik piyoda nayzabozlar va eronlik otliq oʻqchilar (kamonkashlar) bilan boʻlgan muhorabalarda, aksar hollarda, zafar qozongan. Turk suvoriy-si koʻkrak qismida dumaloq qalqoni boʻlgan zirh bilan taʼminlangan, boshiga temir dubulgʻa kiygan, qilich, shox-simon yoy, toʻqmok, va nayza bilan kurollangan. Ogʻir qurolli O.a. zodagon hamda tajribali jangchilardan tashkil etilgan jangda hal qiluvchi rol oʻynagan. Tobe yurtlarning askarlaridan tuzilgan yengil O.a., asosan, razvedka hamda aygʻoqchilik vazifalarini bajargan. Zarur paytlardagina jangga kirgan.

Chingiziylar armiyasida yengil qurolli O.a.ning mavqei baland boʻlgan. Moʻgʻul jangchilari otda yurish, kamon, qilich va arqon bilan muomala qilish sanʼatini mukammal egallagan. Ular janggoxda ustalik bilan manyovr-harakat qilgan, soxta chekinish, pistirma qoʻyish sanʼati kabi taktik amaliyotlarni muntazam qoʻllagan.

Amir Temur armiyasining zarbdor qismini yengil va ogʻir qurollar bilan kurollangan O.a. tashkil etgan. Dubulgʻa, sovut, qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan taʼminlangan ogʻir qurolli suvoriylar sera jangchilardan tuzil-gan, gʻanimning asosiy zarbasiga qar-shi turgan, jang natijasi shularga bogʻliq boʻlgan. Yoy, sadoq va qilich bilan qurollangan yengil O.a., asosan, soqchilik va razvedkaga moʻljallangan. Oʻta zarur chogʻdagina yov bilan jang qilish huquqiga ega boʻlgan.

Yevropa mamlakatlari armiyasida oʻt sochish qurolining rivojlanishi (14-a.) hamda piyodalar rolining oshib borishi bois (15-a.) O.a.ning mavqei se-kin kamaya boradi. 20-a.ning 50-y.lari oʻrtalarida ommaviy qirgʻin qurollarining rivojlanishi va armiyalarning toʻliq motorlashtirilishi tufayli O.a. qoʻshin turi sifatida barham topdi.

Ad.h Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.

Hamiduma Dadaboyev.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil