Otquloq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

4-May 2013, 16:06 dagi koʻrinishi

Otquloq (Rumex) — torondoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 16 turi mavjud. Shulardan ekma. O., shovul, jingalak O. (R. crispus L.), qizgʻish O. (R. conglomerates Murr.), Suriya O.gʻi (R.syriacus Meisn.), Drobov O.gʻi (R.drobovii Korov.) uchraydi. Ildizi oʻq ildiz, yoʻgʻon, poyasi koʻp qirrali, boʻgʻimli, yuqori qismi kamshox. Ildiz oldi barglari uzun bandli, barg plastinkasining tubi oʻqsimon (nayzasimon), uchburchak-tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, poyasidagisi choʻziq-nashtarsimon, poya boʻgʻimlarida ketma-ket oʻrnashgan. Gullari bir jinsli, mayda, toʻpguli roʻvaksimon. May oyidan sent.gacha gullab urugʻlaydi. Mevasi 3 qirrali yongʻoqcha. O. nam yerlarda, oʻtloqlarda, togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Tibbiyotda dorivor O., mayda bargli O. yoki shovul va oddiy O.dan foydalaniladi. O. S, V va b. vitaminlarga boy boʻlganligi sababli ovqatga ishlatiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil