Oqquray: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

4-May 2013, 17:00 dagi koʻrinishi

Oqquray (Psoralea L.) — dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi, koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda (R. drupaceae Bge.) dukkakli O. turi uchraydi. Ildizi yoʻgʻon va uzun. Poyasi tarvaqaylab shoxlangan, uz. 130 sm cha. Barglari oddiy, yaxlit, yumaloq yoki uch boʻlakli, cheti arrasimon, bandli, ket-ma-ket joylashgan. Guli mayda, toʻpguli shingilsimon, gultojisi binafsha rang . Gulkosalari qoʻngʻiroqsimon, 5 tishli. Mevasi bir urugʻli dukkak. Duk-kagi paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk va mayda bezakchalar bilan qoplangan. Iyun—sent. oylarida gul-,1ab urugʻlaydi. Dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va b.), mevasida efir moyi va b. mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitili-go)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir mintaqalariga keng tarqalgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil