Panjob: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

4-May 2013, 19:11 dagi koʻrinishi

Panjob — Jan. Osiyodagi tarixiy va geografik viloyat. Hindgang tekisligining shim. qismi. Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj daryolari (Hind havzasi)dan sugʻoriladi. Jahon madaniyatining eng qad. markazlaridan biri (q. Xapanna madaniyati). P.ni mil. av. 6-a.da forslar, mil.av. 4-a.da Aleksandr qoʻshinlari, milodning boshida ku-shonlar bosib olgan; 10-a.dan 18-a.ning 2yarmigacha musulmon hukmdorlari qoʻlida boʻlgan. 16-a.da P. hududida sikhlar harakati boshlanib, natijada ular oʻz davlati (1765—1849)ni barpo etganlar. Bu davlat ingliz-sikh urushlari (1845—46 va 1848—49) natijasida ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olingan. 1947 y.da P. hududi Hin-diston bilan Pokiston oʻrtasida boʻlib olingan: sharqiy P. Hindiston Respublikasi shtatiga, gʻarbiy P. Pokiston viloyatiga aylangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil