Parij: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Pari bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Pari}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Parij''' — Fransiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645 mm. Aholisi 2,1 mln. kishi (1999). Atrofidagi shaharlar bilan Katta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).
 
Mil. av. 1-a.da hoz. P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, mil. 3—4a.larda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 y.dan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 y.larda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 y.dan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-a.larda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 y.gacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-a.
 
dagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-a.ning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-a.da P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. 2-jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 y. 19—25 avg .
 
da ulardan ozod qilindi.
 
P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari i.ch., harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.
 
P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan t.y.lar 2 qator xalqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. P.da 1900 y.dan metropoliten ishlamoqda.
 
Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bagʻishlaydi. Shaharning qad. markazi Site o. boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-a.larda P. salo-batli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546—19-a. oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna un-ti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monasti-ri(1645—71) bunyod etilgan. 18-a. va 19-a. boshlarida P. markazida ulkan may-don barpo etildi. U Luvr maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu r-nning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-a.lar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eyfel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-a.da P.da zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-y.larda va 70-y.larning boshlarida YUNESKO binosi va b. yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.
 
P.da mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot in-tlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij (Sorbonna) un-ti (13-a.), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, q.x. in-ti, Fransiya in-ti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va b.), 60 dan ziyod teatr (jumladan, "GrandOpera", "Komedi Fransez"), konsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va b. bor. Shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili P.da savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. P.da 1900 va 1924 y.larda 2- va 8-olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shahar atro-fida oʻrmonlar saqlangan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{Infobox Shahar
| rasmiy_nomi = Parij, Fransiya
Qator 64 ⟶ 83:
{{Link FA|tt}}
{{Link FA|vi}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}