Peshku tumani — versiyalar orasidagi farq

Maqolaga matn qoʻshildi
k (Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:Q2603566)
(Maqolaga matn qoʻshildi)
'''Peshku''' - [[Buxoro viloyati]]ning tumanlaridan biri. Asosan dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. U [[Romitan]] , [[Vobkent]] tumanlari bilan chegaradosh.
{{uzgeo-stub}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Peshku tumani''' - Buxoro viloyatidagi tuman. 1950 y. 15 apr.da tashkil etilgan. 1959 y. 19 apr.da Vobkent tumani tarkibiga kiritilgan, 1978 y. 5 apr.
 
da qaytadan tuzilgan. 1988 y. 5 sent. da Romitan tumani bilan birlashtirilgan, 1989 y. 17 maydan yana alohida tuman maqomiga ega boʻldi.
 
Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi ("peshku") "Peshi kuy — "Katta yoʻl ustidagi joy" maʼnosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan. Bu atamaning "peshi koʻh" — "oldindagi togʻ" varianti ham bor.
 
P.t. viloyatning markaziy qismida joylashgan va shim.-gʻarb yoʻnalishi boʻylab uning eng shim. chekkasigacha 250 km masofaga choʻzilgan. Shim.dan Navoiy viloyati, shim.-garbdan Qo-raqalpogʻiston Respublikasi, shim.-sharq va sharqsan viloyatning Sho-firkon, Vobkent tumanlari, jan. va jan-sharkdan Romitan, Jondor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 8,72 ming km2. Aholisi 88,2 ming kishi (2003).
 
P.t.da 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Abu Ali ibn Sino, Bogʻimuso, Varaxsha, Jongeldi, Zandoni, Peshku, Chibogʻani, Yangibozor, Qalʼaimirishkor, Qoraqalpoq) bor. Markazi — Yangibozor shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat. Faqat, Quljuqtovga tutash yerlarida relyefi bir oz murakkab va bu yerdagi past togʻlarning bal. 785 m ga yetadi. Bu viloyatdagi eng baland joydir. P.t.ning 4% ga yaqin may-doni Buxoro vohasidagi sugʻoriladigan yerlardan iborat, qolgan qismi turli tipdagi choʻl yaylovlaridir.
 
Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqli-mi. Tuman hududi shim.-gʻarbga choʻzilganligi tufayli iqlimida sezilarli xudu-diy farqlanishlar bor. Yanv. oyining oʻrtacha t-rasi jan. da 0° atrofida, shim.da —2°,—3°, iyulniki 28—31,5°. Iillikoʻrtacha yogin 100—130 mm., Quljuqtovda 200 mm, togʻning shim.gʻarbiy etagidagi past-kamliklarda 75 mm. Vegetatsiya davri 200— 205 kun. Yil davomida shamol esadi. Shamollar yil davomida aksariyat jan., ja-nubi-gʻarb yoʻnalishga ega. Shamollar yil davomida aksariyat jan., janubi-gʻarb yoʻnalishga ega. Tuman choʻl zonasida joylashgan, doimiy okar suvlar yoʻq.
 
Ekinzorlar Amu—Buxoro mashina ka-nalining shim.-gʻarbiy tarmogʻidan su-gʻoriladi. Tuman hududidan qoʻshni tumanlarga kirib keladigan oqova suvlar Shim.-Gʻarbiy kollektor orqali suv boʻyida yashovchi qushlarning yirik mas-kani boʻlgan Qoraqir koʻliga (mayd. 23,7 km2) oqiziladi. Tumanning voha qis-mida madaniy tuproklar, choʻl zonasida sur tusli qoʻngʻir, choʻl qumli, qumloq, taqir, taqirsimon va shoʻrxok tuproklar uchraydi. Quljuqtov etagidagi quruq oʻzanli Daryosoy vodiysida taqirsimon tuprokdar katta maydonni egallagan. Qumli joylarda oq saksovul, quyonsuyak, qandim, partak, patloq, cherkez, gipsli choʻllarda shuvoq, isiriq, sas-siqkovrak, qizilcha (efedra), tuyatovon, etalak, karrak oʻsadi. Choʻllarda sut emi-zuvchi hayvonlar, Qorakoʻl koʻli atrofilarida esa suv boʻyi qushlar yashaydi. Qoraqir tashlama koʻli va koʻl sohili, suv boʻyi qushlari va nodir hayvonlarni qoʻriklash maqsadida, buyur-tma hudud deb eʼlon qilingan.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, turk, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 10,1 kishi. Barcha aholi qishloklarda yashaydi.
 
Xoʻjaligi. Tumanda paxtachilik, gʻallachilik, sabzavot va polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonchilik, ipakchilik yoʻlga qoʻyilgan. Sanoat korxonalari faoliyati q.x. mahsulotlarini qayta iishash bilan bogʻliq. Paxta tozalash z-di, 2 avtokorxona, 427 kichik, 2 kooperativ, bitta xoʻjaliklararo korxona bor. Oʻzbekiston—Belorussiya "Peshku-teks" qoʻshma korxonasi mavjud. Avtoyoʻllar uz. 392 km. Tumanda 15 shir-kat xoʻjaligi, 487 dehqon-fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Sugʻoriladigan yerlar mayd. 22,3 ming ga, shu jumladan, 10,5 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga don, boshka yerlarga poliz, sabzavot, kartoshka, ozuka va b. ekinlar ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 38 mingdan ziyod qoramol, 104,8 ming qoʻy va echki, 1892 tuya, 518 ot, 21450 par-randa boqiladi.
 
Tumandagi 48 umumiy taʼlim makta-bida 23027 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 kollej (Peshku sanoat, transport, aloka va q.x. kollejlari, 1060 oʻquvchi) ishlab turibdi. 32 kutubxona, buyuk alloma ibn Sino yurti Afshona qishlogʻida Abu Ali ibn Sino muzeyi bor. Tumandagi 300 oʻrinli kasalxona va b. tibbiy muassasalarda 126 vrach ishlaydi. 1979 y.dan "Peshku ovozi" gaz. chop etiladi (adadi 1000). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{stub}}
 
{{Buxoro viloyati}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
187 762

ta tahrir