Plazmatik membrana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

5-May 2013, 07:03 dagi koʻrinishi

Plazmatik membrana, plaz molemma — hujayra sitoplazmasini tashqi muhitdan yoki uning qobigʻidan (oʻsimlik hujayralarida) ajratib turuvchi membrana. P.m.ga kimyoviy tarkibiga koʻra, yoglar, oqsillar, uglevodlar va juda oz mikdorda boshqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga koʻra, P.m.ning asosiy qismi fosfolipid qoʻsh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkariga qaragan qismi gidrofob (suvda erimaydigan), tashqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvchan) xusu-siyatga ega. Fosfolipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil boʻlgan glikopro-teinlar joylashgan. Ular retseptorlar tarkibiga kiradi. P.m. baryer (toʻsiq), moddalarni tashish (transport), regulyator (boshqarish) va katalitik funksiyalarni bajaradi (yana q. Hujayra). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil