Platonizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

5-May 2013, 07:16 dagi koʻrinishi

Platonizm — keng maʼnoda — Platon (avvalo uning eydoslar haqidagi) taʼlimotiga ergashgan falsafiy okimlar; butun Yevropa falsafasiga P. bevosita yoki bavosita taʼsir koʻrsatgan. Tor maʼnoda — mil. av. 4-a.dan boshlab yunon falsafasidagi yoʻnalish. 3-a.

dan P.ning asosiy shakli neoplatonizm boʻlib qoldi. Oʻrta asrlarda P. aristo-telizmga nisbatan deyarli sezilarli rol oʻynamagan. P.ga boʻlgan qiziqish Yevropada, xususan, Florensiyada faylasuf Marsillio Fichino tomonidan Platon akademiyasi tiklangandan (1459) keyin yana jonlanib ketdi. Ke-yin u Kembrij maktabi orqali Angliyada, nemis falsafasi (Leybnits) tu-fayli Germaniyada tarqaldi. Hoz. davrda Platon taʼlimotining koʻproq ir-ratsional jihatlari oʻrganiladi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil