Poliklinika: Versiyalar orasidagi farq
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
5-May 2013, 07:58 dagi koʻrinishi
Poliklinika (poli... va klinika) — davolashprofilaktika muassasasi; katnab davolanadigan va uyida yotgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatadi. Uzbekistonda kasalxona bilan birlashgan va mustaqil P.lar mavjud. P. aholining turar joyi va ish joyi boʻyicha xizmat koʻrsatadi. Maxsus tibbiyot muassasalari qoshida ham P.lar bor (mas, klinik i.t. institutlari qoshidagi P.lar).
P.da terapevt, xirurg , nevrolog , revmatolog , ginekolog , LOR xizmat qila-di; P. tarkibida fizioterapiya va funksional diagnostika boʻlimlari, lab., dorixona va b. boʻladi. Shahar va tuman P.lari, shuningdek, ixtisoslashgan stomatologiya, fizioterapiya P.lari ham bor. hoz. zamonaviy diagnostika vositalari bilan jihrzlangan oilaviy P.lar boʻlib, bular bolalar va kattalarga tegishli yordam koʻrsatadi. Yirik shaharlarda talabalarga xizmat qiladigan maxsus P.lar ham mavjud.[1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |