Postimpressionizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

5-May 2013, 08:40 dagi koʻrinishi

Postimpressionizm (lot. post — keyin va impressionizm) — 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fransuz rassomlik sanʼatidagi asosiy yoʻnalishlar (neoimpressionizm, kubizm, fovizm, nabi va b.)ning shartli umumlashma nomi. Oʻz ijodini impressionizm us-lubida boshlagan rassomlar uning in-qirozidan soʻng asta-sekin undan uzoqlashaboshladi. P. namoyandalari davrga hamohang badiiy tasvir vositalari ustida izlandi; impressionizmning oniy taassurotlari oʻrniga chuqur his-tuygʻuga boy joʻshqin shakllarni yara-tishga intilish kuchaydi (P. Sezann, Van Gog , P. Gogen, A. de Tuluzlotrek va b.). Bu izlanish va amaliy faoliyatlar 20-a. tasviriy sanʼatining gʻoyaviy plastik rivojlanishi tamo-yillarini belgilab bergan muhim tarixiy bosqich vazifasini oʻtadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil