Mixail Andreyev: Versiyalar orasidagi farq
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
5-May 2013, 09:53 dagi koʻrinishi
Andreyev Mixail Stepanovich (1873.11.9- Toshkent -1948.10.11) -etnograf, tilshunos, eronshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (1943), Rossiya FA muxbir aʼzosi (1929), Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945, 1944), Toshkent gimnaziyasini, Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida oʻqigan (1894). 1897 y. Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1918—20 ylarda Turkiston sharq-shunoslik inti, keyinroq Oʻrta Osiyo davlat untida sharqshunoslik f-ti dekani. 1927—47 y.larda dotsent, soʻngra prof. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tida etn. boʻlimini boshqargan (1944—48). U Oʻrta Osiyo miqyosida oʻtkazilgan bir qancha etnografik eks-peditsiyalarga rahbarlik qilgan. Asosiy ilmiy asarlarida Turkiston xalqlarining urf-odati, eʼtiqodi, sanʼati va dini yoritilgan. Sharqiy Eron tillarining tasnifiga oid asarlari ham bor.[1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |