Ptolemeylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

5-May 2013, 11:12 dagi koʻrinishi

Ptolemeylar, lagiylar — Qad. Misrda hukmronlik qilgan shoxdar sulolasi (mil. av. 305—30 y.lar). Aleksandr (Iskandar)ning sobiq sarkardasi va maxrami diadoxlardan Ptolemey Lag tomonidan asos solingan. Ushbu sulolaning barcha 14 podshosi Ptolemey nomi bilan atalgan. Aleksandr saltanati parchalangach, Misrda P. mo-narxiyasi karor topgan. P. yunonmake-don armiyasi, amaldorlar va mahalliy kohinlarga tayangan. P. siyosatida mali-kalar katta rol oʻynaganlar. Bu sulolaning soʻnggi vakili Kleopatra VII boʻlgan. P. sulolasi vakillari: P. I Soter (323—283); P. I Filadelf (285— 246); P. III Yeverget (246-222); P. IV Filopator [221205/204]; P. V Yepi-fan (204-180); P. VI Filometor (180— 145); P. VII Neos Filopator (145); P. VIII Yeverget II (Fiskon) (170—116); P. IX Soter II (Latir) (116-108 va 88-81/80); P. X Aleksandr I (108/107 — 88); P. XI Aleksandr II (80); P. XII Neos Dionis (Avlet) (80— taxm. 51); P. XIII Dionis (51—47); P. XIV Filopator (47—44); Kleopatra VII Tea Filopatora (taxm. 51 — 30) (Kleopatra I — VI lar turli vaqtlarda regent yoki taxtdosh boʻlganlar).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil