Abdullanoma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot tomonidan qilingan 1436237 tahriri qaytarildi (mun.)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''"Abdullanoma"''', '''"Sharafnomai shohiy"''' — Movarounnahrning 16-a.dagi tarixiga bag‘ishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomoni-dan 1584 — 90 y.lar oralig‘ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon 11ga bag‘ishlanib, "Sha-rafnomai sho-hiy" va qisqartirilgan ayrim nusxalari "Zafarnomai Abdul-laxon" nomlari b-n ham ataladi. "A." nazm aralash kofiyalangan nasr b-n yozilgan. "A." muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilga-ni ma’lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyo-siy voqealar — Chingizxonning isti-losi va mo‘g‘ullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 — 68)ning barpo bo‘lishi, Shayboniyxon (1451 — 1510)ning Xurosonga yurishla-ri, shayboniylar b-n Zahiriddin Bo-bur o‘rtasidagi harbiy to‘knashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi to‘g‘risida hikoya qilinadi. "A." ning asosiy qismida Shayboniyxondan so‘ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bo‘linib ketishi, Abdullaxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamla-katni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-a.ning 80 — 90-y.larida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm b-n Badaxshonning Buxoro xon-ligiga qo‘shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-a.da Movarounnahr b-n Turkiya, Hindiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya b-n savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor. Unda 16-a.da Buxo-ro xonligi qo‘shinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarog‘lari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoro-da qurilgan me’morchilik obidalari va suv inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumot-lar keltiriladi. "A."da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qang‘li, hipchoq, qorliq, xalaj, og‘ajiri, uryonqit, qo‘ng‘irot, orlot, uyg‘ur, sulduz, bayovut, do‘rmon va b. qavmlarning ke-lib chiqishi va ularning urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. "A."ni yozishda Xofiz Tanish Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Rashiduddinning "Jome at-tavorix", Juvayniynnj "Ta-rixi jahon kushoy", Mirxondning "Ravzat us-safo", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimai Zafarnoma", Koshifiyning "Rashahot ayn al-hayot", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashi-diy" va b. tarixiy asarlardan foyda-langan bo‘lsada, ammo asarning asosiy qismi 16-a.da sodir bo‘lgan ko‘pgina tarixiy voqealarni o‘z ko‘zi b-n ko‘rgan shohidlardan to‘plangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-a.dagi siyosiy, ijti-moiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda birinchi darajali manba-lardan hisoblanadi. "A."ni 1942 — 51 y.larda o‘zbek sharqshunos olimi S. Mir-zayev (1885 — 1961) o‘zbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni to‘ddirib va tuza-tib qayta nashr etdi (1999-2000)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil<ref>.
#redirect [["Abdullanoma"]] <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
== Adabiyotlar ==
* Hofiz Tanish ibn Mirmuhammad Buxoriy, Abdullanoma, 1-jild, T., 1966;
* 2-jild, T., 1969;
* [akad. B. Ahmedov qaytatayyorlagan], 1-jild, T., 1999;
* 2-jild, T., 2000;
* Umnyakov I. I., "Abdullaname" Xafiza Tanisha i yeyo issledovateli, Zapiski kollegii vostokovedov pri Aziatskom muzee Rossiyskoy Akademii nauk, t. 5, L., 1930;
* Ahmedov B., Munirov K,., Hofiz Tanish Buxoriy, T., 1963.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
#redirect{{stub}} [["Abdullanoma"]]{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}