Raqs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 134 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q11639 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 10:
| davr = [[Antik davr]]
}}'''Raqs''' [[sanʼat]] turi boʻlib, [[musiqa]]ga monand ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi.<ref>[http://www.britannica.com/eb/article-9110116/dance Britannica.com]</ref> Raqs turli madaniyatlarda mavjud va hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida yoki koʻngilxushlik uchun ijro etiladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Raqs''' — sanʼat turi. Bunda raqqos(a)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imoishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish R.ning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borlikdan olgan emotsional taassurotlari bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻshiq va soʻz bilan bogʻliq boʻlib, keyinchalik mustaqil sanʼat turiga aylangan. R. asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega boʻla borgan. Ijrochining libosi R. obrazlariga aniqlik beradi.
 
Har bir xalqning R. anʼanalari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari boʻlib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar taʼsirida tarkib topib rivojlangan. R. xalq marosimlari, bayramlarining tarkibiy qismidir. Ular bilan bogʻliq holda xorovod va marosim oʻyinlari paydo boʻlgan. Xorovodlar asta-sekin marosim oʻyinlaridan xalos boʻlib, xalq turmushining ayrim tomonlarini aks ettira boshlagan. Xalq raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqrnchilik va hunarmandlik bilan boglik mavzular, shuningdek, xalqning bosqinchilarga qarshi kurashi va lirik kayfiyati oʻz aksini topgan.
 
R. musiqa bilan uzviy bogʻliq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq R.larida ritm muhim boʻlib, u musiqada oʻz ifodasini topadi, oyoq, koʻl, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga boʻysunadi, bir-biri bilan boglanadi. Oʻzbek R.lari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim R.lar roʻmol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, baʼzan ijrochi xalq cholgʻu asboblari (qayroq, doira, nogʻora va h.k.)da oʻziga oʻzi joʻr boʻladi. Gʻarbiy Yevropa xalqlari R.ida, asosan oyoq harakatlari muhim boʻlib, qoʻl va tana harakatlari unga joʻr boʻladi. Sharqda esa qoʻl va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy R. xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va oʻziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. U dastlab Yunoniston, Hindiston va b. mamlakatlarda paydo boʻlgan. Xalq R.lari asosida tarkib topgan professional R.lar yuksak darajada rivojlanib, turli R. tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz R.lari) qaror topgan.
 
Yevropa professional R. sanʼatining rivojlanishiga Yunoniston va Rim R. sanʼati salmoqli hissa qoʻshdi. Oʻrta asrlarda Yevropada jonglyor, shpilman va skomor o x l a r ijodidagina pro,.. fessional R. ning ilk koʻrinishlari namoyon boʻldi. 15—16-a.larda moreski, ballafigurato nomli syujetli R.lar rasm boʻlib, R. haqida risola va darsliklar yaratildi. 17—a.da balet R. spektakllari yuzaga keldi va R. sanʼati yangi texnika bilan boyidi. 20-a. boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo boʻldi. 40—60-y.
 
larda Yevropa va AQSH da konsert ijrochiligiga moʻljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada R. rivoj topdi.
 
Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbyokiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu yerda R. juda qad.ligidan guvoxdik beradi. Oʻzbek R. sanʼatining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bogʻliq boʻlganidan kelib chiqqan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" davridayoq R. sanʼati shakllanib, xalq va professional P. — ikki yoʻnalishda rivojlanishga kirishgan edi. Yunon — Baqtriya podsholigi davrida (mil, av. 4—3-a.lar) Turon R. sanʼatining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy R.i bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu sanʼat yanada mazmundor va rang-barang boʻla boradi. 4—8-a.larga kelib Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan R. ustalari Buyuk ipak yoʻllari boʻylab Rum, Misr, Gʻarb oʻlkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuanʼu" raqsi mashhur boʻlgan. Shoir YuanChjan (776—831) va b. madh etgan.
 
Musulmonlik davrida ham Oʻzbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot bosqichlarida paydo boʻlgan. R.lar, oʻyinlar bir-biriga taʼsir koʻrsatib, yonmayon yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda oʻtkazilgan toʻy, bayram va maʼrakalardagi "Beshqarsak" kabi qad. oʻyinlar ham, "Katta oʻyin", "Lazgi", "Kema oʻyin", "Ashshadaroz" singari katta umumlashmaga, ramziy timsollarga ega. Rlarni ham, jangovar oʻyinlarni ham uchratish mumkin boʻlgan. 9—12-a.lardagi Uygʻonish davrida R. sanʼatida ham chinakam koʻtarilish yuz bergan, koʻpgina qad. R.lar tiklanib, navroʻz, mehrjon va sada bayramlarida namoyish qilingan. Abul Fayz Bayhakiyning yozishicha, oʻsha davrda birgina Termiz sh.ning oʻzida yuzlab sanʼatkorlar boʻlib, Amir Maʼsudni kutib olish uchun Termizdan 300 dan ziyod sanʼatkor Amudaryo boʻyiga kelgan ekan. Buxoro, Gurganj, Kesh va b. shaharlarda ham R.ga eʼtibor baland boʻlgan. Xorazmda Abul Abbos Maʼmun hukmronligi davrida (1003—1017) R. sanʼati yaxshi rivojlangan.
 
R. sanʼati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotinqizlarning oʻrni katta boʻlgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar R.da yaqqol koʻzga tashlangan. Olov atrofidagi oʻyinlar, Anaxita va Rustam timsollariga bagʻishlangan oʻyinlar, maqom R.lari, "Argʻushtak" kabi R.lar shu jumladandir. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" R.lari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam oʻrin olgan. 15-a.ning 2-yarmi va 16-a. boshida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli R. ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda R. sanʼati xalq raqsi va malakali P. yoʻnalishida rivojlandi.
 
Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelgach, R. sanʼatida ham oʻziga xos uslublar maydonga keldi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani sababli R. sanʼatida oʻsmir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Fargʻona vodiysida) deb yuritilgan ayol sanʼatkorlardan iborat ixcham toʻdalarning teatrlashgan dasturlarida rivojlanib, ichkarilarda uyushtiriladigan ziyofat va bazmlarda koʻrsatib kelingan. Erkaklarning yigʻinlarida raqqosalar xufiyona qatnashganlar.
 
20-a.da R. sanʼati Buxoro R.si, Xorazm R.si, Fargʻona R.si yoʻnalishida; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq R.i sifatida: milliy R. unsurlaridan foydalangan balet spektakllari tarzida rivojlanib keldi. Mazkur yoʻnalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib oʻtib, oʻz shaklishamoyili, mazmuniga ega boʻldi. Bir qator davlat va xalq R. jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Us t a Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Moʻminov, Maʼmura Ergasheva, Yulduz Ismashova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova, Dilafroʻz Jabborova, Qizlarxon Doʻstmuhamedova, Malika Ahmedova kabi R. ustalarining xizmati katta.
 
Mustaqillik davrida R. sanʼati yanada tez surʼatlar bilan rivojlanmokda. 1997 y. 8 yanv.da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekistonda milliy rake va xoreografiya sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining oʻsha yili 25 fev.
 
da 101karori chikdi. Shu asosda M. Turgʻunboyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamgʻarma tuzildi. Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi. "Oʻzbekraqs", "Oʻzbeknavo" ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambllar, xalq R. merosini oʻrganish va tiklash asosida yangi R.lar yaratish, anʼanaviy R.larni asrabavaylash va munosib darajada namoyish etish, yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab yetishtirish boʻyicha olib borayotgan harakatlari ijobiy natijalar bermoqda. Milliy raqs ijrochiligi boʻyicha M. Turgʻunboyeva nomidagi mukofot taʼsis etilgan. Bir qator davlat va xalq R. ansambllari (Mas, "Bahor", "Tanavor" va b.), R. ustalari jahonning turli mamlakatlarida boʻlib, oʻzbek R. sanʼatini namoyish etmoqdalar.
 
== Adabiyot ==
* Avdeyeva L . A., Iz istorii uzbekskoy natsionalnoy xoreografii, T., 2001; Qodirov M., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981; Avdeyeva L. A., Qodirov M. X., Ismatova Yu., "Tanavor" raqsi jilolari, T., 2002.
 
Muhsin Qodirov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Raqs faqat [[odam]]lar tomonidangina emas, balki boshqa hayvonlar (masalan, [[asalari]]lar, [[qush]]lar) tomonidan ham bajariladi. Jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin &mdash; [[metafora|metaforik]]: "barglar shamolda raqs tushishmoqda" yoki haqiqatan: [[robot]]lar raqsi. [[Gimnastika]], [[sinxron suzish]] va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.
Qator 27 ⟶ 59:
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}