Ilya Repin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

6-May 2013, 18:13 dagi koʻrinishi

Repin Ilya Yefimovich [1844.24.7 (5.8), Chuguyev, hoz. Harkov viloyati — 1930.29.9, Kuokkala, Finlyandiya, hoz. Leningrad viloyatidagi Repino] — rus rassomi, 19-a. realistik sanʼatining yirik namoyandasi. Peterburg BAda oʻqigan (1864—71; 1894—1907 y.lar dare bergan, 1898—99 y.lar rektor). Rossiya boʻylab va chet ellarga bir necha bor sayohat qilgan. 1878 y.dan peredvijniklar safida. R.ga oʻqish davrida I. Kramskoy, tanqidchi V. Stasovlar kuchli taʼsir koʻrsatgan; inqilobiy demokratlar estetikasi bilan tanishgan R.uning ongli tarafdorlaridan biriga aylandi. R. ijodi oʻzining xalqchilligi, insonparvarligi yuksak gʻoyaviyligi va mahorati bilan ajralib turadi. R.dagi kuzatuvchanlik va joʻshqinlik, holat, imoishoralardan obrazlarning x,issiy tasvirlashda moqirona qoʻllash uning asarlarida koʻzga tashlanadi. Koʻp qirrali ijodi (portret, janrli va tarixiy kartinalar, ofort, litografiya, kichik rasmlar)da oʻz davrining qarama-qarshiliklaushi aks ettirdi, xalqning mashaqqatli turmushi, qudratini tasvirladi: "Burlaklar Volga boʻyida" (1870—73, Rus muzeyida), "Tavbadan bosh tortish" (1879—85) va "Kutmagandilar" (1884— har ikkalasi ham Tretyakov galereyasida); "Zaporojyeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda" (1878—91), "Malika Sofya" (1879), "Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan" (1885) kabi asarlarida tarixiy voqealar taʼsirchan ifodalangan; portretlarvda jamiyatdagi turli kishilarning kuchli ijtimoiy va psixologik harakteristikasi, yorqin tipik obrazlari yaratilgan: "V. Stasov" (1873), "A. F. Pisemskiy" (1880), "M. P. Musorgskiy" (1881), "L. N. Tolstoy" (1887), "I. P. Pavlov" (1924) va b. Shuningdek, R. ning kjsak mahorati grafikada ham namoyon boʻldi ("Qizaloq Ada", 1882; "Neva prospekta", 1887 va b.), rassom qalami naturani uning bor jozibasi bilan bera olgan. R. memorial muzeyi bor (1940). Sankt-Peterburgdagi Rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tiga R. nomi berilgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil