Richag: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

6-May 2013, 18:34 dagi koʻrinishi

Richag — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega boʻlgan qattiqjismdan iborat. U tayanch nuqtadan oʻtuvchi tekislikdagi kuchlar taʼsirida boʻladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan boʻlsa, bunday R. 1 tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan boʻlsa, 2tur R. deb ataladi. R. muvozanatda boʻlishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yigʻindisi nolga teng bulishi kerak. R. dvigatellar, presslar, bolgʻalash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil