Ot (hayvon): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6:
Hoz. zamondagi O. zotlari boʻyi 2,5 m gacha, bal. 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi. Ular boshqa q.x. xayvonlaridan tez yugurishga yaxshi moslashgani, katta tortish kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. Aygʻirlarining tishi 40 ta (12 ta ku-rak tishi, 4 ta qoziq tish, 12 ta jagʻ-oldi va 12 ta jagʻ tishi). Baytalida qoziq tishlar boʻlmaydi, tishlari soni 36 ta. Kulunlarning sut tishlari 6—9 oyda oʻsib chiqadi, 5 yoshga toʻlganda sut tishlari doimiy tishlar bilan almashadi. Ustki va pastki jagʻlarda qoziq va jagʻ tishlar orasida tisheiz joy (boʻshliq) boʻlib, otni suvluq bilan boshqarish imkoniyatini beradi. Oshqozoni oddiy tuzilishga ega, oʻt xaltasi yoʻq, terisi ning junlari nisbatan kalta (1— 4 sm), toʻgʻri, jingalakligi kam uchray-di, peshonasining gajagi, yoli va dumi killardan iborat. Bahorda va kuzda tullaydi. Tuyey har xil. Olarda shartli ref-lekslar tez paydo boʻladi. Shuning uchun ular qoʻlga tez urganadi, ishda, sportda, sirkda ulardan foydalanish oʻngʻay. O.lar 25, baʼzan 40 va undan ortiq yil yashaydi. Ishchi va sogʻin O.lardan 15—18, nayeddor O.lardan 18—20 yil va undan ortik. foydalaniladi. Yosh otlar 1,5 yoshida jinsiy yetiladi, lekin 3 — 3,5 yoshgacha nayel olishga qoʻyilmaydi. 5—6 yoshida usishdan toʻxtaydi. Biyalar 4 yoshga toʻlganda birinchi kulun beradi. Boʻgʻozlik davri 11 oy (340 kun)ga yaqin. Kamdan-kam egizak tugʻadi. Sogʻin davri 6—8 oy, baʼzan 10 oyga boradi, sutkasiga 11 — 15 l sut beradi. O.lar otxonada, otxona—yaylovda (bahordan kuz-gacha) va yaylovda (yil boʻyi) boqiladi. Sutidan qimiz tayyorlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan O.larni goʻsht oli-nadigan hayvon sifatida ham boqadi.
 
Naslchilik (yangi zotlar yetishtirish) ot z-dlarida, yilqichilik xoʻjaliklarida, yirik fermalarda, naslchilik, sunʼiy urugʻlantirish styalarida olib boriladi. Yangi tugʻilgan toychoq "kulun", 2 yoshlisi "toy", 3 yoshdagisi "gʻoʻnon" va 4 yoshlisi "doʻnon" deb ataladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ziyod ot zotlari mavjud. Shundan 50 dan ortiqrogʻi yaqin MDH mamlakatlarida va 8 tasi Oʻzbekiston xududida urchitiladi. Hoz. zamon otlari bir-biridan tana tuzilishi va yaqkrl ix-tisoslashganligi bilan farq qiladi. Shular jumlasiga egarlab salt miniladigan otlar (q. [[Arabi otiot]], [[Axaltaka ot zoti]], [[Yovmut oti]], [[Angliya asil ot zoti]] va b.); salt miniladigan, aravaga yoki chanaga qoʻshiladigan yoʻrtoqi ot zotlari (q. [[Don ot zoti]], [[Gutsul oti]], [[Laqay ot zoti]], [[Qorabayir ot zoti]]); ogʻir yuklarni tortadigan yukchi otlar (q. [[Ardenna ot zoti]], [[Brabant ot zoti]], [[Vladimir ot zoti]] va b.) kiradi.
 
Q.x.da mexanizatsiyalashning rivojlanishi bilan ot boqiladigan koʻpchilik mamlakatlarda 20-a. oʻrtalaridan boshlab, O.ning ot sporti, turizm, goʻsht va qimiz olish uchun moʻljallangan zotlari yetishtirilmokda.