Esvatini: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 1 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1050 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Svazilend_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Svazilend''' (Svaziland), Svazilend Qirolligi (Kingdom of Svaziland) — Jan. Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 17,4 ming km2. Aholisi 1,12 mln. kishi (2002). Poytaxti — Mbabane sh. Hukumat Mbabane sh.da, Qirol qarorgohi va qonun chiqaruvchi organlar Lobamba sh.da joylashgan.
 
Davlat tuzumi. S. — konstututsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Mamlakatda qirol tomonidan inʼom qilingan va davlat tuzumi asoslarini mustahkamlaydigan bir qancha konstitutsiyaviy hujjatlar amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (1986 y.dan Msvati III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Majlis palatasi va Senat), ijrochi hokimiyatni qirol tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. Yer yuzasini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld platosi (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurgʻoqchil. Subtropikdan tropikka oʻtib turuvchi iqlim hukmron. Oʻrtacha oylik tra qishda 12—15°, yozda 20—24° gacha. Yillik yogʻin sharqda 500—700 mm, gʻarbda 1200—1400 mm. Serostona daryo koʻp, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot dunyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan "koʻk" buyvol, burama shoxli kiyik, zebra, begemotlar, Quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bogʻi va Malotoj sharsharasi mashhur.
 
Aholisining asosiy qismini bantu tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tashkil etadi. Qolganlari— yevropalik va afrikaner (bur)lar. Rasmiy til — ingliz va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam ‘/3 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 34%. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini. Tarixi. 1830y.lar oxirida S. xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyinchalik ular bilan zulu va b. qoʻshni qabilalar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1836 y.gi gʻalaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30y.lar oxirida mamlakat shim.da yangi yerlar qoʻshib olindi va svazi urugʻlari birlashtirildi. 1840y.lar boshida yevropalik mustamlakachilar — inglizlar, burlar, portugallar S.ga koʻz olaytira boshladilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina yerlarni arzon narxda sotib oddilar. 1894 y. mamlakat hududi burlarning Transvaal respublikasi tarkibiga kiritildi. 1899—1902 y.lardagi inglizburlar urushidan soʻng Buyuk Britaniya mulki, 1903 y.dan esa uning protektorati deb zʼlon qilindi. S. aholisi milliy ozodlik uchun toʻxtovsiz kurashdi. 1920y.lar oxiri — 1930y.lar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo boʻldi. 50y.lar oxiri — 60 y.larda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963 y. Buyuk Britaniya S.ga cheklangan oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi. 1968 y. 6 sent. kuni S Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil konstitutsiyali monarxiya deb eʼlon qilindi. S. — 1968 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 sent. — Mustaqillik kuni (1968).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Ngvane milliy ozodlik kongressi, 1962 y tuzilgan; Imbokodvo milliy harakati, 1964 y. asos solingan; S. birlashgan fronti, 1962 y. tashkil etilgan; S. taraqqiyparvar partiyasi, 1960 y. tuzilgan. S. kasaba uyushmalari federatsiyasi 1980 y. tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. S. — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ulushi 10%, sanoat ulushi 42%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48%. Q.x.da dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. I.ch. sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni i.ch. fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit i.ch., televizor yigʻuv z-dlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uz. 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. AQSH, Buyuk Britaniya, JAR bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 y. (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5 y. (3 y. quyi oʻrta va 2 y. yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar un-tga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3 y.). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964 y. Kvalusenida (Manzini yaqinida) S. davlat un-ti tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba sh.da Milliy muzey (1972) va b. bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964 y.da asos solingan), Malkernsdagi q.x. (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba st-yalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shugʻullanadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S. da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Nyus from Svazilend" ("Svazilend yangiliklari", haftanoma), "Svazi nyus" ("Svazi xalqi yangiliklari", haftanoma, 1983 y.dan), "Svazilend observer" ("Svazilend kuzatuvchisi", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1981 y.dan), "Tayme of Svazilend" ("Svazilend vakti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1897 y.dan), "Tikxatsi Temasvati" (svazi tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983 y.dan), "Umbiki" ("Reportyor", ingliz va svazi tillarida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1968 y.dan). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radioeshittirish va axborot xizmati 1966 y.da tuzilgan; xukumat tomonidan nazorat qilinadi. S. televizion korporatsiyam, 1978 y. asos solingan.
 
Madaniyati. Svazilendliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjonlar bilan bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (koʻpincha osh qovoq poʻstiga oʻrnatilgan torlar), puflab chalinadigan (kiyik shoxidan yasalgan) asboblar, barabanlardan iborat.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
'''Svazilend''' (Svazilend Qirolligi) — [[Afrika]]dagi davlat. Poytaxti — [[Mbabane]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
Qator 8 ⟶ 29:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}