Balogʻatga yetish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Balogʻatga yetish bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Balogʻatga yetish}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BALOGʻATGA YETISH, balogʻat, rasida (rasta) boʻlish, boʻyiga yetish — organizmning bir qancha anatomik va fiziologik oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, koʻpayishga, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi. Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda 13 — 15 yoshdan 16 — 20 yoshgacha davom etadi. B. ye. muddati oʻsmirning irsiy xususiyatlariga, sogʻligʻiga, ovqatiga, shuningdek hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bogʻliq. Turli noxush omillar: ogʻir kasalliklar, yolchib ovqatlanmaslik va b. odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning kechikishiga sabab boʻladi. Nimjon, kasalmand bolalar sogʻlom bolalarga nisbatan kechroq balogʻatga yetadi. Kech yoki erta B. ye. jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va gipofiz funksiyasining buzilishiga aloqador boʻlishi mumkin. B. ye. davrida jinsiy instinkt ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz koʻradi, bolalarda ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek organizmda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi: oʻsmirning boʻyi choʻzilib, ikkilamchi jinsiy belgilari paydo boʻladi; oʻgʻil bolalarda soqol-moʻylov koʻrinib, ovozi doʻrillab qoladi, qizlarning badani yumaloq tortib, birinchi galda soni va dumbasida yogʻ toʻplanib boradi, sut bezlari kattalashib, chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar koʻpayib, bir jins ikkinchi jinsga koʻproq eʼtibor bera boshlaydi. B. ye. davrida oʻsmirning psixikasi ham oʻzgarib, nerv tizimining faoliyatida bir qator oʻzgarishlar roʻy beradi. Gormonlar, avvalo jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) gormonlari B. ye.da muhim ahamiyatga ega.
 
Qator 8 ⟶ 10:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}