Simfoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 11:54 dagi koʻrinishi

Simfoniya (yun. symfonia — ohangdoshlik) — simfonik musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yunalishidagi cholgʻu musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga muljallangan; baʼzi Slarda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkestrlarga muljallangan Slar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy gʻoya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni tashkil etadi: 1-qismi — mavzularning qaramaqarshiligi hamda jadal rivoji bilan bogʻliq buladi; 2-qismi — lirik chekinish vazifasini bajaradi; 3-qismi — menuet yoki skerso harakterida yoziladi; 4-qismi — koʻpincha tantanavor, joʻshqin xotimadir.

"S". atamasi Yevropa mamlakatlarida turli maʼnolarda qoʻllanilgan. Y. Gaydn, V. Motsart va, ayniqsa, L. Betxovenlar Sning klassik namunalarini yaratdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Shubert, G. Berlioz, I. Brams, A. Dvorjak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A. Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va b. S. rivojiga muhim hissa qoʻshgan, janrning mavzu va mazmunini boyitgan. 20-a. komlozitorlari ijodida S. yangi bosqichga koʻtarildi. N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofyev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A, Onegger, A. Shnitkelar S. ustalari sifatida tanilgan.

Oʻzbekistonda 1930y.lardan simfonik musikaning jadal rivojlanishi Sning paydo bulishiga zamin buldi (G. Mushelning 1S.si, 1938). Keyingi y.larda yirik mavzular, falsafiy goyalarni mujassamlantiruvchi janr sifatida S.ga qiziqish kuchaydi (Mushelning 2 va 3 S.lari, M. Shteynbergning 5 S—rapsodiyasi, M. Ashrafiyning 1va 2S.lari va b.). 1960y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda dasturli S. ravnaq gopib, B. Zeydman, R. Hamroyev, B. Giyenko va boshqalar S.lar ijod qilishdi. 19702000y.larda R. Vildanov (4 ta), Sayfi Jalil (2 ta), T. Qurbonov (10 ta), M. Tojiyev (19 ta), Ik. Akbarov (3 ta), M. Mahmudov (3 ta), N. Gʻiyosov (12 ta) va b. kompozitorlar S. yaratganlar.

S.ga yaqin uslubda yaratilib, undan hajman kichikligi, mazmuni va bayoni soddaligi bilan farq qiluvchi asar simfoniyetta deb ataladi.