Sinaps: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 11:55 dagi koʻrinishi

Sinapslar (yun. synapsis — ulanish, tutashish) — nerv hujayralari (neyronlar)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. S. signallarni impulyelarga aylantiradi va uzatadi. "S." terminini birinchi boʻlib ingliz fiziologi Ch. Sherrington neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897). S. yordamida neyronlar birbiri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Sga sinaptik uchlar, ikki hujayra oraligʻidagi sinaptik tirqish (bu 200 A, baʼzi S.da 1000 A va undan ortiq) va sinaptik uchlarga tegib turuvchi hujayra qismi kiradi. Neyronlararo Sni, odatda, bir nerv xujayrasi aksonining tarmoklari va tana, dendritlar yoki boshka neyron aksoni vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida S. tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish mediatorlar (kimyoviy S.), ionlar (elektr S.) yoki ikkalasi (aralash S.) yordamida uzatiladi. S. funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik S.da quyi molekulyar birikmalar bir hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridantoʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega. Elektrotonik S. signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy S. esa fakat bir tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan S. ham bor. Bular tormozlovchi S. deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo "yoʻqotiladi". Bu bilan nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.