Singal tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 11:57 dagi koʻrinishi

Singal tili — hind (hindoriy) tillaridan biri, Shri Lanka Respublikasining davlat tili. Soʻzlashuvchilar 12 mln. kishidan ortiq. S.t.ning adabiy va soʻzlashuv shayuglarida jiddiy farq bor. Urgʻu soʻzning birinchi boʻgʻiniga tushadi, singarmonizmga moyillik bor. Morfologik tuzilishida agglyutinatsiya va yangi fleksiyaning aniq belgilari mavjud. Adabiy tilda feʼlning shaxs, son, jins (umumiy va muannas), zamon, oʻtimlilikoʻtimsizlik kategoriyalari mavjud. Gapda soʻzlarning muayyan tartibi bor. Ogʻzaki nutkda otgagshar koʻproq ishlatiladi. Leksikasida sanskrit, tamil, ingliz, portugal, malayya, arab, fors va b. tillardan oʻtgan soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Hoz. St. jan. hind yozuvlaridan biri — granthi alifbosidan foydalanadi. Mil. av. 3-a.ga mansub kryatosh yozuvlari S.t.ning engqad. yodnomalaridir. 13-a.da S.t.ning klassik grammatikasi yaratilgan. St. ning yangi adabiy shakli jonli soʻzlashuv tili asosida shakllanmoqda.