Singarmonizm: Versiyalar orasidagi farq

Yo‘g‘onlik va ingichkalik tamoyili
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 12:01 dagi koʻrinishi

Singarmonizm (yun. syn birga va harmonia — ohangdoshlik, uygʻunlik), unlilar garmoniyasi (ohangdoshligi) — asosan, turkiy tillarda, qisman moʻgʻul, tungusmanjur, fin-ugor, paleoosiyo tillarida uchraydigan fonetik hodisa; bunda muayyan soʻz shaklining (ham asos, ham affikslarning) barcha unlilari talaffuz (artikulyasiya) jihatdan bir turli: old yo orqa qatorga mansub (tanglay garmoniyasi) yoki lablangan yo lablanmagan (lab garmoniyasi) boʻladi. S.ning tanglay garmoniyasi qonuniga asosan soʻzning boshida (oʻzakda) til oldi unlisi kelsa, soʻz oʻrtasidagi va oxiridagi unli lar ham til oldi boʻladi. Aksincha, soʻz boshida til orqa unlisi kelsa, keyin gi boʻgʻinlarda ham til orqa unlisi keladi. Mac, oʻzbek tilining Qoʻqon shevasida bala soʻzidagi unlilar old qator boʻlganidan unga faqat shunday unlisi boʻlgan qoʻshimcha qoʻshiladi: balalar, shuningdek, qozoq, tilidagi kblder va qoldar soʻzlari tanglay garmoniyasi asosida talaffuz qilinadi va yoziladi. S.ning bu turi oʻzbek tilining ayrim shevalari (deyarli barcha qipchoq shevalari, oʻgʻuz shevalari, shim. oʻzbek shevalari)da hoz. kungacha toʻliq saqlanib qolgan. Lab garmoniyasida unlilar ham til oldilik va til orqalik, ham lablashish nuqtai nazaridan moslashadi. Bunday moslashishni hoz. qirgʻiz tilida uchratish mumkin: qollor, kbldor, brdbktbr kabi. Lab garmoniyasi oʻzbek tilida deyarli uchramaydi. Umuman, hoz. oʻzbek adabiy tili S. kridalariga boʻysunmaydi. Eski oʻzbek adabiy tilida esa S. qonuni ancha izchil va ayrim hollarda toʻligʻicha amal qilgan.