Sirka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 72 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q41354 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:Fruchtessige.jpg|thumb|300px|Mevali sirkalar.]]
'''Sirka''' [[suv]] va [[sirka kislotasi]]dan iborat suyuq moddadir. Sirka kislotasi [[etanol]]ning ''[[Acetobacteraceae]]'' tomonidan [[fermantatsiya]]lanishidan mahsul boʻladi.<ref>[http://jb.oxfordjournals.org/content/46/9/1217.extract Studies on acetic acid-bacteria]</ref> Bugunda asosan [[oshxona]]da ishlatiladi, biroq tarixan u zaif [[kislota]] sifatida sanoat, tibbiyot va kundalik roʻzgʻorda ishlatilib kelinadi. Sirka sekin yoki tez fermentlanish jarayonlari orqali tayyorlanadi. Sekin jarayon anʼanaviy boʻlib, bir necha hafta yoki oygacha choʻziladi. Uzoq fermentlanish muddati bakteriyalardan iborat zaharsiz quyqa yigʻilishiga imkon beradi. Tezkor metodlarda suyuqlikka bakteriyalar qoʻshilib, nasos yordamida kislorodlashtirish uchun havolantiriladi. Tez fermentlanish muddati 20 soatdan uch kungacha boʻladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sirka''' (ovqat sirkasi) — oziqovqatga ishlatiladigan sirka kislotaning suvdagi (3—15%) eritmasi; sanoatda sirka essensiyasi (savdoga chiqariladigan oziq-ovqat sirka ktasining 80% li suvli eritmasi; sanoatda vino, pivo, kucheiz etil spirti eritmasini bijgʻitish yoʻli bilan olinadi) ga suv qoʻshib tayyorlanadi. Oʻzbek pazandachiligida uy sharoitlarida S.ni uzum, anjir, olma va b. shirin mevalarning sharbatidan tayyorlanadi. Uzum S.si tayyorlash uchun yaxshi pishgan uzum sharbati sopol koʻza yoki xumchaga solinadi, har 1 l ga 100 g eski Sdan achitqi sifatida qoʻshiladi. Idish ogʻzini zich yopib, kaynash uchun quyosh tushadigan joyga qoʻyiladi. 1015 kundan soʻng qaynashi toʻxtab S. yetiladi. Tayyor S. suzib, idishlarga quyiladi. Konserva, marinadlar, ziravor tayyorlashda, ovqatga ishtahabaxsh maza kiritish, kabob sirkalashda, tibbiyotda va b.da ishlatiladi (q. [[Konservalash]]).
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Manbalar ==
Qator 11 ⟶ 16:
 
{{chem-stub}}
 
{{OʻzME}}