Sirtlonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 12:34 dagi koʻrinishi

Sirtlonlar (Hyaenidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Tashqi koʻrinishi buriga oʻxshaydi. Gavdasining uz. 55—165 sm. Oldingi oyoklari orqadagisiga nisbatan uzunroq. Oyoqlari 4 barmokli (yer boʻrisi oldingi oyoklari 5 barmokli), boʻyni yoʻgʻon, boshi katta, tishlari yirik. Dumi pahmoq, kalta (uz. 20—22 sm). Koʻpchiligining boʻyni ustida va qisman yagʻrinida uzun yungi (yoli) boʻladi. Qoʻngʻir yoki kulrangtusli yungi yoʻl-yoʻl yoki xoldor. Anal teri bezlari oʻtkir hidli sekret ajratib chiqaradi. 3 urugʻi; yoʻlyoʻl S, xoldor S, yer boʻrilari) va 4 turi bor. Afrika, Old va Oʻrta Osiyo, Jan.

Gʻarbiy Osiyoda tarkalgan. Oʻzbekiston jan.da (Surxondaryo viloyati) yoʻl-yoʻl sirtlon 20-a. oʻrtalarigacha uchragan.

S. yarim choʻl va choʻlda yashaydi, kechasi ov qiladi. Yakka yoki juftjuft boʻlib yuradi. Yiliga 1 marta 2—4, baʼzan 6 tadan bolalaydi. Hayvonlar murdasi bilan oziqlanadi; guruh boʻlib birmuncha yirik tuyoqli hayvonlar (antilopalar), baʼzan uy hayvonlariga ham hujum qiladi. 1 turi va 1 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.