Sistema: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Sistema (maʼnolari)}}
'''Sistema''' (yun. systema — yaxlit, qismlardan tarkib topgan, birikkan) — 1) ishharakat, mehnat, texnik jarayonlar va shu kabilardagi qismlarning oʻzaro bogʻlikligidagi tartibot, tizim; 2) narsa, hodisa, tushuncha va b.ning tasnifi; 3) muayyan tarzda oʻzaro bogʻlangan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmui. S. haqidagi birinchi tasavvurlar antik falsafada shakllangan. Yunon falsafasi va fanida S. tushunchasi bilimlarga nisbatan qoʻllanilgan (Yevklid, Platon, Aristotel va b.). Keyinchalik bu tushunchani B. Spinoza va G. Leybnits rivojlantirib, umuman borliqqa nisbatan tatbiq qilgan. Yangi davr falsafasi va fanida S. tushunchasidan ilmiy bilimlarni tahlil qilishda foydalanilgan. Bilimlarning S.lilik tamoyillarini nemis faylasuflari I. Kant, F. Shelling , G. Gegel ishlab chiqqan. 19-a.ning 2-yarmidan boshlab, S. tushunchasi ilmiy bilimlarning turli sohalariga kirib bordi. Bunda evolyusion nazariya, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasining yaratilishi, struktural lingvistika va b.ning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega boʻldi. S. tushunchasi yaxlitlik, tuzilish, aloqa, munosabat tushunchalari bilan uzviy bogʻliqdir. S. tushunchasi nihoyatda keng koʻlamda qoʻllanadi. Umuman voqelikdagi har qanday obʼyektga S. sifatida qarash mumkin. S. bir necha muhim belgilar — yaxlitlik, tuzilmalilik, muhit bilan oʻzaro aloqadorlik va shu kabilarga ega boʻlishi kerak.