Slovaklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 13:00 dagi koʻrinishi

Slovaklar (oʻzlarini slovatslar deb atashadi) — xalq, Slovakiya Respublikasining asosiy aholisi. 5,6 mln. kishi, jumladan, Slovakiyada taxm. 4,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Slovak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar, protestantlar va uniatlar ham bor.

Arxeologik tadqiqotlar S.ning ajdodlari — gʻarbiy slavyan qabilalari hoz. Slovakiya hududida 4—5-a.da paydo boʻlganligini koʻrsatadi. S 11-a. dan 20-a.ga qadar Vengriya tarkibida yashagan, lekin oʻz milliy madaniyatini saqlab qolgan. 19-a.da millat boʻlib shakllangan. 1918 y.da Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. S 1992 y. 17 iyuldan mustaqil davlat barpo etganlar. S. dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, kulolchilik bilan shugʻullanadi; bir qismi sanoatda band.