Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Meksika''' (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdanjihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917 -y. 5 -fev.dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. KrnunQonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
Tabiati. M. qirgʻokdariqirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat qududininghududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat bal. 1000—2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning shim.-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000—3000 mm.
 
Jan.-sharqida daryosoylar koʻp, shim.gʻarbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang , jigarrrang , savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang , savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.