Suvda va quruqlikda yashovchilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 16:21 dagi koʻrinishi

Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan S va q.ya.ning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga S. va q.ya. skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va b. organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik S. va Q.Ya.ning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.

S. va q.ya. yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi S va q.ya. bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbon ning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.

Hoz. S. va q.ya. tanasi uz. 2—3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa boʻlib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo hoʻllanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga toʻliq moslanishiga imkon bermagan. Bir qancha turlari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham boʻladi. S. va q.ya. hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan boʻlib, skeletida togʻaylar koʻp. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 barmokli. Dumli S. va q.ya.dan sirenlarning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, koʻkrak qafasi boʻlmaydi; ogʻiz boʻshligʻi tubidagi muskullarning qisqarishi tufayli havo oʻpkaga oʻtadi. Ayrim salamandralarda oʻpka boʻlmaydi. Miyacha kuchsiz rivojlangan. Dumsiz S. va q.ya.da oʻrta quloq va nogʻora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, oʻpkasiz S. va q.ya. yuragi 2 kamerali. Chal yurak boʻlmasiga arteriya qoni, oʻng yurak boʻlmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan boshka barcha organlar aralash qon bilan taʼminlanadi. Buyragi koʻpchilik baliklarnikiga oʻxshash tana buyrak (mezonefros); buyrak va jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. S. va q.ya. — gavda harorati oʻzgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hoz. S. va q.ya. 3 turkum 25—30 oilaga mansub 400 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 turi (baka va qurbaqa) tarqalgan; dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. S. va q.ya., asosan, suvda koʻpayadi. Koʻpchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urugʻlanish, koʻpchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urugʻlanish xos. Odatda, tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Lichinkasi voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar itbaligʻi); metamorfoz orqali rivojanadi. Ayrim kurukdikka tuxum koʻyuvchi dumsizlar metamorfoz rivojlanadi. Dumlilarning ayrim turlari (aksolotl, alp tritoni va b.) uchun neoteniya (voyaga yetmasdan koʻpayish) xos. Voyaga yetgan S. va q.ya. har xil umurtqasizlar, asosan, hasharotlar, itbaliqlar, mikroskopik xdyvonlaar va oʻsimliklar bilan ozikdanadi. S. va q.ya. zararkunanda ekosistemalarning asosiy komponenta boʻlib, koʻpchilik umurtqasizlar soninicheklab turishdagʻamdaboshkaxayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari (mas, baqalar) bir qancha mamlakatlarda isteʼmol qilinadi. Ayrim S. va q.ya. lab. hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Ochil Mavlonov.