Suvsarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

8-May 2013, 16:26 dagi koʻrinishi

Suvsarlar (Mustelidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Gavdasi choʻziq, egiluvchan, oyoklari kalta va 5 barmoqli, tirnoqlari ichiga tortilmaydi. Ayrim turlarida barmoqlari orasiga parda tortilgan; dengiz qunduzi (kalan)ning orqa oyoqlari eshkakka aylangan. S. — tovonda va yarim tovonda harakatlanuvchi hayvonlar. Yungi qalin va yumshoq. Koʻpchilik S. yilda 2 marta tullaydi. Anal bezlari oʻtkir hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. S. sistematikasi aniq ishlab chiqilmagan. Odatda, 64 tur, 24 uru/ga ajratiladi. Oʻzbekistonda 9 turi (qunduz, asalxoʻr, boʻrsiq, togʻ suvsari, olaqoʻzan, qora latcha, oq latcha, sassiqqoʻzan, amerika norkasi) uchraydi. Har xil biotoplar (suv, quruklik)da yashaydi; in kovlaydi yoki boshqa hayvonlar qazigan inlardan foydalanadi. Amerika norkasi iqlimlashtirilgan, asosan, maxsus moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik S. etxoʻr hayvonlar; zararkunanda kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. S qimmatli moʻynasi uchun ovlanadi, bir qancha turlari moʻynachilik fermalarida boqiladi. Koʻpchilik turlari soni keskin kamayib ketganligi sababli Oʻzbekiston Kizil kitobiga kiritilgan.