Sulavesi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Sulavesi (maʼnolari)}}
'''Sulavesi''', Selebes - Malay arxipelagining yirik orollaridan biri, Katta Zond o.lari tarkibida, Indoneziya hududi. Mayd. 170 ming km2. Granit va gneyslardan, mezozoy ohaktoshlari, yosh choʻkindi va vulkan jinslaridan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi — 3440 m (Rantekombola togʻi), Minaxasa ya.o.da Klabat va Soputan harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, shim.da ekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25 — 27°, yillik yogʻin 2000—2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, jan.da baland boʻyli oʻtli savannalar bor. Bir nechta qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Foydali qazilmalardan temir va nikel rudalari topilgan. Kokos palmasi, kofe plantatsiyalari bor, sholi, batat, ziravorlar yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. S.da 1ming yillik oxiridan 17-a.gacha Bone, Gova, Lulu kabi davlatlar boʻlgan. 17-a.dan 20-a. boshlarigacha golland mustamlakachilari qoʻl ostida edi. 1949 y.dan Indoneziya tarkibida.